BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga oʻtdi
1 iyuldan BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga oʻtdi. Rossiya raisligidagi asosiy tadbirlar oy oʻrtalarida boʻlib oʻtishi kutilmoqda hamda ular yanada adolatli, demokratik va barqaror dunyo tartibini barpo etish, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, BMTning KXShT, MDH va ShHT bilan hamkorligiga bagʻishlanadi.
1 iyuldan BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga
Rossiyaga oʻtdi. TASS xabariga
koʻra, Rossiya boshchiligidagi Xavfsizlik kengashining birinchi yigʻilishi Nʻyu-York
vaqti bilan dushanba kuni ertalab boʻlib oʻtadi. Unda Xavfsizlik
Kengashining kelgusi oy uchun ish dasturi tasdiqlanadi.
Rossiya
raisligining markaziy tadbirlari oyning oʻrtalarida boʻlib oʻtishi kutilmoqda va
ular yanada adolatli, demokratik va barqaror dunyo tartibini barpo etish, Yaqin
Sharqdagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, BMTning KXShT, MDH va ShHT bilan
hamkorligiga bagʻishlanadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq
taʻʻkidlaganidek, soʻnggi mavzu qoʻllab-quvvatlandi va KXShT bosh kotibi Imangali
Tasmagambetov ushbu yigʻilishda soʻzga chiqishga taklif qilindi. Bundan tashqari,
Nebenzya avvalroq taʻʻkidlaganidek, BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdagi
yigʻilishida Ukrainaning Sevastopolʻ fuqarolik infratuzilmasiga kassetali kallaklar bilan
jihozlangan ATACMS taktik raketalari bilan hujumi mavzusi koʻtariladi.
Umuman olganda, bir oy davomida BMT Xavfsizlik Kengashi
yigirmaga yaqin ochiq yigʻilish va yopiq maslahatlashuvlar oʻtkazadi.
BMT
Xavfsizlik Kengashi 15 aʻʻzo, jumladan besh doimiy aʻʻzo - Buyuk Britaniya, Xitoy,
Rossiya, AQSh va Frantsiyadan iborat. Beshtasining har biri veto huquqiga ega.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining oʻnta vaqtinchalik aʻʻzosi -
Jazoir, Gayana, Malta, Mozambik, Koreya Respublikasi, Sloveniya, Serra-Leone,
Shveytsariya, Ekvador va Yaponiya. Jahon tashkiloti Nizomiga koʻra, Xavfsizlik
Kengashi tinchlik va xalqaro xavfsizlikni saqlash uchun masʻʻuldir va BMTga aʻʻzo
barcha davlatlar uning qarorlariga boʻysunishga majburdirlar.
Xavfsizlik Kengashida vakili boʻlgan davlatlar oʻz ishini
navbatma-navbat ingliz tili alifbosi tartibida olib boradilar. Mamlakatning Xavfsizlik Kengashiga
raisligi bir kalendarʻ oy davom etadi. Iyunʻ oyida ushbu vazifalarni Koreya Respublikasi
amalga oshirdi, avgust oyida esa Serra-Leone Xavfsizlik kengashi ishiga rahbarlik
qiladi.
Rossiya jahon tashkilotining asosiy tuzilmasi faoliyatini oxirgi marta
2023 yil aprelʻ oyida muvofiqlashtirgan edi.