Bombalanayotgan Gʻazo: 290-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 290 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Bureyj va Nusayrat lagerlariga
hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 38 983 kishi shahid boʻldi, 89 727 kishi
yaralandi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar qarshilik kuchlari bosqinchilarning
razvedka samolyotini yoʻq qilgan
Baytlahm, Qalqilya va Balat lageriga hujum uyushtirdi. Jenin lagerida fashistlar
gospitalni oʻqqa tutdi.
▪️Gʻazoda Isroilning genotsidiga norozilik bildirgan Kanada
fuqarosi Isroil kuchlari tomonidan qatl etildi. Isroil rasmiylari erkak askarlarni pichoqlamoqchi
boʻlganini daʻʻvo qilmoqda. Biroq voqea aks etgan videotasvirlarda u askarlardan
ancha uzoqda boʻlgani va ularga hech qanday xavf tugʻdirmaganini koʻrish mumkin.
▪️Bosqinchilar
koʻchirilgan aholiga Xon Yunisni tark etishga buyruq berganidan bir necha daqiqa
oʻtgach, hududni kuchli oʻqqa tutish boshlandi. 11 kishi halok boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Nitsarim oʻqida bosqinchilarga hujum
qildi. Livan Kassam fronti 300-Shumir brigadasining shtab-kvartirasini oʻqqa
tutdi.
▪️Husiylar: Isroil bilan til biriktirgan har qanday arab
davlati bizning nishonimiz boʻladi.
▪️Pokiston ishgʻolni qoʻllab-quvvatlovchi barcha kompaniyalarning
mahsulotlarini sotishni taqiqladi.
▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi: Falastin davlati allaqachon mavjud,
ammo Isroil falastinliklarga qarshi aparteidni qoʻllamoqda, har kuni oʻz qurbonlariga
nisbatan shafqatsiz va sadist boʻlib bormoqda.