23.07.2024 08:07

Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyada 50 dan ortiq faol “jinnixona”ga yotqizildi

Rossiya sudlari Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon 53 nafar faol va muxolifatchini majburiy psixiatrik davolanishga hukm qildi.

Rossiya sudlari Ukrainadagi urush paytida 53 nafar faol va muxolifatchini majburiy psixiatrik davolanishga hukm qildi. Bu haqda Moskow Times 7x7 nashriga tayanib xabar qildi.

«Memorial» inson huquqlari markazi boshqaruvi aʻʻzosi, tarixchi Aleksey Makarovning nashrga aytishicha, zamonaviy Rossiyada majburiy psixiatrik davolanishga yuborish SSSRdagidek keng koʻlamli emas, buning ustiga jamiyat tashxisning haqiqiyligini aniqlashi uchun tibbiy hujjatlardan foydalanish imkoniyatiga ega emas.

“Bizda ruhiy kasalxonalarda nimalar sodir boʻlayotganini nazorat qilish mexanizmlari kam. Serbskiy nomidagi sud-psixiatriya institutida monopoliya mavjud boʻlib, davlat va psixiatrlarga bunday amaliyotlarni kengaytirishga hamda ulardan qoʻpolroq foydalanishga hech narsa toʻsqinlik qilmaydi”, - deb tushuntirdi Makarov.

Uning qoʻshimcha qilishicha, agar buning uchun "toʻgʻridan-toʻgʻri siyosiy buyurtma" boʻlsa, sud-psixiatriya SSSR koʻrsatkichlariga qaytishi mumkin.

Klinik psixolog va Rossiya mustaqil psixiatriya assotsiatsiyasi ijrochi direktori Lyubovʻ Vinogradova uning fikriga qoʻshiladi. Uning soʻzlariga koʻra, 2000-yillar boshidan beri Rossiyada psixiatriya "borgan sari gʻayriinsoniy boʻlib qolmoqda".

90-yillarda demokratik islohotlar jarayonida psixiatriya yordami va uni taʻʻminlash borasida fuqarolar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Oʻshanda psixiatriya faqat ixtiyoriy narsa, barcha majburiy choralar sud qaroriga bogʻliq degan tushunchalar shakllandi; Qonun kuchga kirgan dastlabki yillarda hamma bunga koʻnikib qolgan, 2000-yillarning oxirigacha esa haqiqatdan ham boshqa zamon edi”, deb tushuntirdi u.

May oyi oxirida “Agentstvo. Novosti” Telegram-kanali soʻnggi bir yarim yil ichida RF sudlari siyosiy ishlar boʻyicha kamida 33 nafar sudlanuvchini majburiy psixiatrik davolanishga yuborganini yozgan edi.

Umuman olganda, 2013 yildan beri “oʻzgacha fikrlovchilar” 55 marta majburiy davolanishga yuborilgan. 2020 yilgacha bu koʻrsatkich yiliga uch kishidan koʻp boʻlmagan, 2021 yilda esa etti nafarga koʻtarilgan boʻlsa, 2022 yilda yana uch kishiga kamaydi. Biroq oʻtgan yili bu koʻrsatkich keskin oshib, 25 nafarga etdi, joriy yilning toʻrt yarim oyida esa Rossiya sudlari shunday qarorlar soni sakkiztadan kam boʻlmagan.

Jumladan, may oyida Nijniy Novgorodning Leninskiy sudi mahalliy fuqaro Aleksey Volskiyni armiya haqidagi "soxta xabarlar" ishi boʻyicha majburiy davolanishga yubordi. Oʻtgan yilning noyabrida xuddi shunday qaror sankt-peterburglik Viktoriya Petrovaga nisbatan ham chiqarilgan edi. 2023 yil oktyabrʻ oyida sud Nijniy Novgorodda yashovchi Aleksey Onoshkinga majburiy psixiatrik davolanishni buyurdi - u VK ijtimoiy tarmogʻidagi postlar va sharhlari uchun «soxta xabar» va "terrorizmga chaqiriqlar" da ayblangan. Oʻtgan yili Saratovning Xoperskoe qishlogʻidan deputat Oleg Nepeyn ham Rossiya armiyasi tomonidan Mariupol va Bucha aholisining oʻldirilishi haqidagi mintaqaviy suhbatdagi maʻʻlumotlari uchun jazolovchi psixiatriyaga duchor boʻlgan.

Mavzuga aloqador