Iroq turkmanlari IShID Mosuldagi "qirgʻin chuquri"dan yaqinlarining jasadlari olib chiqilishini kutmoqda
2014 yil iyunʻ oyida Iroqning Mosul va boshqa hududlarini qoʻlga
kiritgan IShID terror tashkiloti Tal Afar tumanida xalq tili bilan “Doʻzax qudugʻi” deb ataladigan
botiqqa 1000 dan ziyod tinch aholi vakillari, jumladan, bolalar va ayollarni
oʻldirib, koʻmgan. Ular orasida Iroq turkmanlari vakillari ham bor. Bugungi kunda
ushbu hududdagi ommaviy qabrlardan jasad qoldiqlari chiqarib olinib, DNK
tekshiruvidan oʻtkazilmoqda va shaxslari aniqlanmoqda.
Iroqning
Mosul shahri Tal Afar tumanidan
taxminan 10 km masofada IShID terror tashkiloti qoʻl ostidagi hududda joylashgan “Doʻzax qudugʻi”
deb nomlangan 100 metrlik chuqurlikdan 2014-2017 yillar oraligʻida
oʻldirilgan va barchasi tal
afarlik turkmanlar
ekanligi taxmin qilinayotgan
fuqarolarning jasadlarini
eksgumatsiya qilish ishlari boshlandi.
Yillar davomida bedarak yoʻqolgan qarindoshlaridan biror bir
xabar ololmagan minglab Iroq turkmanlari yaqinlarining jasadlarini IShIDning
"qirgʻin chuquri"dan olib chiqilishini kutmoqda.
Tal Afar tumani hokimi Halil Muhsin nodavlat tashkilotlardan
olgan maʻʻlumotlar va hujjatlarga asoslanib, chuqurda 500 dan ortiq jasad borligi
taxmin qilinayotganini bildirdi.
U chuqurdagi jasad qoldiqlarini olib chiqish ishlarining qariyb bir yarim oydan beri
davom etayotganini maʻʻlum qildi va ommaviy qabrda hali ham koʻplab bedarak
yoʻqolgan jasadlar borligi taxmin qilinayotganiga urgʻu berdi.
Muhsin
Tal Afarda chuqurdan boshqa yana koʻplab ommaviy qabrlar borligini, ammo ular
haligacha topilmaganini ham qoʻshib oʻtdi.
"Olib
chiqilgan jasadlar orasida koʻplab bolalar va ayollarning qoldiqlari bor",
degan Muhsin qazish ishlarilarni tezlashtirishni va DNK testini oʻtkazishni soʻradi.
Turkmaneli
hamkorlik va madaniyat jamgʻarmasiga aloqador Turkmeneli inson huquqlari markazining
Tal Afar boʻyicha muvofiqlashtiruvchisi Ali Habib ham IShID terror tashkiloti
tomonidan ilgari chop etilgan lavhalar va hudud aholisidan guvohlarning
koʻrsatmalariga tayanib, ushbu chuqurda turkmanlarning jasadlari borligini aytdi.
Habib
2017 yil 9 dekabrda IShID mamlakatdan chiqarib yuborilishi va Mosul qaytadan qoʻlga
kiritilishi ortidan darhol ushbu ommaviy qabr toʻgʻrisida hukumatning tegishli
tashkilotlariga murojaat qilingani, jumladan, Iroq Vazirlar Mahkamasi, BMT,
mamlakat hukumatiga qarashli Inson huquqlari va shahidlar huquqlari institutiga
hujjatlar taqdim etilganini bildirdi.
Tal Afardagi
300 dan ortiq turkmanning taqdiri haqida maʻʻlumot yoʻqligiga, tadqiqot va
markazlariga qilgan murojaatlariga eʻʻtibor qaratgan Habib bu chuqurda minglab
jasadlar borligini taxmin qilganliklarini bildirdi.
Habib,
qariyb bir yarim oydan beri davom etgan ishlar davomida quduqdan 200 dan ortiq
jasadning chiqarilganini, qoldiqlarning DNK tahlili uchun Iroq Sogʻliqni saqlash
vazirligiga yuborilganini bildirdi.
Habib, shuningdek,
quduqdagi ommaviy qabrning IShID mintaqadan tozalanganidan beri Mosulda topilgan
eng katta ommaviy qabr ekanligini aytdi.
“Jasadlarni
qidirish ishlari ogʻir sharoitlarda olib borilmoqda. Bu erdagi ishlarni
yaqinlarini yoʻqotgan minglab odamlar diqqat bilan kuzatib bormoqda. 10 yillik
kutish oson emas", -
dedi chang boʻroni va issiq havo ishni qiyinlashtirganini bildirgan Habib.
IShID terror tashkiloti 2014 yil iyunʻ oyida Iroqning Mosul, Salahaddin va Anbar hududlarini
toʻliq, Diyala va Kirkuk shaharlarining bir qismini qoʻlga kiritgandi. Ushbu hududlar yillar oʻtganidan
soʻng tashkilotdan qaytarib olingan.
Iroqning
sobiq bosh vaziri Haydar al-Obodiy 2017 yil 9 dekabrda tashkilot ustidan gʻalabaga
erishilganini eʻʻlon qildi.