22.07.2024 14:07
684

Pokistonning Frankfurtdagi konsulxonasiga hujum uyushtirildi

Pokiston Frankfurtdagi konsulxonasi nomaʻʻlum shaxslar tomonidan hujumga uchragach, Germaniyaga norozilik bildirdi, deb xabar berdi “Vesti”. Diplomatik missiya yaqiniga toʻplangan 400 kishilik guruh unga tosh otishni boshlagan, shundan soʻng ular mamlakat bayrogʻini yirtib, oyoq osti qilgan.  

5 dan 10 gacha odam konsullik devori orqali uning hududiga koʻtarilgan. Videokuzatuv kameralaridan ularning shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmadi. Namoyishchilar nimani qidirgani ham nomaʻʻlumligicha qolmoqda. Biroq ularning qoʻllarida 2021 yilgacha foydalanilgan Afgʻonistonning uch rangli bayrogʻi boʻlgan. 

“Pokiston kechagi ekstremistik jinoiy guruhning Frankfurtdagi konsulxonasiga hujumini, shuningdek, Germaniya rasmiylarining konsullik binolari yaxlitligi va xavfsizligini himoya qilmaganini keskin qoralaydi”, — deyiladi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.  

Diplomatik idora ushbu voqea konsullik xodimlari hayotini xavf ostiga qoʻyganini taʻʻkidladi. Bundan tashqari, Pokiston TIV 1963 yildagi Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasini eslatib oʻtdi, unda mezbon hukumat konsullik binolari muqaddasligini himoya qilish, shuningdek, diplomatlarning xavfsizligini taʻʻminlash uchun masʻʻuldir. Pokiston voqea uchun aybdorlarni topib, javobgarlikka tortishni talab qildi. Germaniya tomoni tergov boshladi.

Mavzuga aloqador