Islom sukuki (obligatsiyalari) bozori 2024 yilda oʻsishda davom etadi - S&P
Standard & Poor's reyting agentligi eʻʻlon qilgan statistik maʻʻlumotlarga koʻra, 2024 yilning birinchi yarmida jahon miqyosida sukuk emissiyasining umumiy hajmi 91,9 milliard dollarni tashkil etgan. Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon islomiy sukuk obligatsiyalarini chiqarishda tezlashuv kuzatildi, koʻplab davlat idoralari va xususiy sektor oʻz rejalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan likvidlikni taʻʻminlash uchun ushbu vositaga tayanmoqda.
Standard
& Poor's reyting agentligi eʻʻlon qilgan statistik maʻʻlumotlarga koʻra, 2024
yilning birinchi yarmida jahon miqyosida sukuk emissiyasining umumiy hajmi 91,9
milliard dollarni tashkil etgan, deb yozadi Atalayar nashri.
Sukuk
emissiyasi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan biroz oshib, qiymati 91,3
milliard dollarga etgan, ekspertlarning fikricha, yilning ikkinchi yarmida sukuk
emissiyasi yanada tezlashadi.
S&P hisobotida
birinchi yarim yillik yakunida xorijiy valyutadagi sukuk emissiyasi sezilarli
darajada – 23,8 foizga oshib, 32,7 milliard dollarga etgani qayd etildi.
Reyting agentligi
hisobotiga koʻra, bu oʻsishda asosiy hissa Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab
Amirliklari, Ummon, Malayziya va Quvayt emitentlariga tegishli boʻlgan.
Fitch Ratings avvalroq eʻʻlon qilgan
maʻʻlumotlarga koʻra, 2023 yilda dunyoda muomalaga chiqarilgan sukuk hajmi qariyb
850 milliard dollarni tashkil qilgan. 2024 yilgi S&P hisob-kitoblariga koʻra, chiqarilgan
yangi sukuk hajmi 160-170 milliardni tashkil etadi, shuning uchun bu bozorning
umumiy hajmi 1 trillion dollardan oshishi mumkin.
Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon islomiy sukuk obligatsiyalarini
chiqarishda tezlashuv kuzatilgan,
koʻplab davlat idoralari va xususiy sektor oʻz rejalarini amalga oshirishda zarur boʻlgan likvidlikni
taʻʻminlash uchun ushbu vositaga tayanmoqda.