Jo Bayden isteʻʻfoga chiqishini rad etdi
AQSh prezidenti Jo Bayden davlat rahbari lavozimida ishlashda davom etishini eʻʻlon qildi. Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan soʻng Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Mayk Jonson davlat rahbarini isteʻʻfoga chiqishga chaqirgan edi.
AQSh
prezidenti Jo Bayden ikkinchi muddatga saylanish urinishidan voz kechib, davlat
rahbari lavozimida ishlashda davom etishini eʻʻlon qildi.
"Biz
Amerika Qoʻshma Shtatlarimiz - agar birgalikda bajarsak, uddalay olmaydigan hech
narsa yoʻq. Biz faqat kimligimizni eslashimiz kerak. Men oʻz prezidentlik
davrimni buni isbotlashga bagʻishladim va buni bugun, ertaga va har kuni davom
ettiraman, toki men
sizning prezidentingiz sifatida xizmat qilish sharafiga muyassar ekanman”, — deyiladi AQSh
prezidenti bayonotida.
Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan soʻng, Vakillar
palatasi spikeri respublikachi Mayk Jonson davlat rahbarini isteʻʻfoga chiqishga chaqirdi.
“Modomiki
Jo Bayden prezidentlikka nomzod boʻlishga loyiq emas ekan, u prezident boʻlishga ham loyiqmas. U darhol
isteʻʻfoga chiqishi kerak. 5 noyabrʻ muddatidan oldin kelishi mumkin emas”, - deb yozdi Jonson X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
Bayden oʻz nomzodini saylovdan olib tashlashga qaror qilgani
oʻtgan yakshanba kuni maʻʻlum boʻldi. Uning soʻzlariga koʻra, u shu hafta oxirida
"oʻz qarorini tushuntirish" uchun xalqqa murojaat qilishni
rejalashtirmoqda. Bayden vitse-prezident Kamala Xarrisni oʻzining vorisi sifatida
tasdiqladi. Yangi nomzod boʻyicha qarorni bir necha haftadan soʻng boʻlib oʻtadigan
Demokratlar partiyasi qurultoyi qabul qilishi
kerak.
Amerika prezidentlarining eng keksasi hisoblangan 81 yoshli Bayden Donalʻd Tramp bilan boʻlib oʻtgan debatdan soʻng kuchli bosim
ostida qoldi, keyin esa ommaviy chiqishlarida yana koʻplab nomunosib harakatlarni sodir etdi:
12 iyulʻ kuni NATO sammitida Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Vladimir Putin deb chaqirdi, 5 kundan
keyin telekoʻrsatuvda mudofaa
vaziri Lloyd Ostinning ismini eslay olmasdan, "qora odam" deb ketdi.
Garchi Baydenning reytingi halokatli pasayib ketmagan boʻlsa
ham (NYT/Sienna soʻroviga koʻra, iyulʻ oyi boshida Tramp
uchun 43 foizga qarshi 49 foizga ega edi), 20 dan ortiq kongressmenlar, shu
jumladan Senatdagi Demokratik partiya etakchisi Chak Shumer prezident oʻz nomzodini qaytarib olish
toʻgʻrisida oshkora soʻzladi, Demokratik
partiya donorlari esa xayr-ehsonlarni
qaytarib olishni boshladilar.
The New York Times gazetasining
yozishicha, Demokratik partiyadan prezidentlik kampaniyasi uchun ajratilgan 90
million dollar mablagʻ Bayden poygadan chiqmagunicha va partiya uning oʻrinbosarini topguniga
qadar donorlar tomonidan muzlatib qoʻyilgan. Baydenning saylovoldi kampaniyasi uchun
mablagʻ yigʻuvchi Future Forward qoʻmitasi
iyulʻ oyi oʻrtalariga qadar rejalashtirilgan 700 million dollar oʻrniga atigi 430
million dollar topa oldi.
Baydenning saylovdan atigi toʻrt oy oldin boʻlib oʻtgan
prezidentlik poygasidan chiqishi 1968 yilda demokrat prezident Lindon Jonson muvaffaqiyatsiz kampaniya tufayli
oʻz nomzodini qaytarib olganidan beri birinchi marta kuzatilmoqda. Uning oʻrniga
nomzodini qoʻygan vitse-prezident Xubert Xamfri esa Richard Niksonga yutqazgandi.