Bombalanayotgan Gʻazo: 311-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 311 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah va Gʻazo markaziga hujum qildi.
24 soat ichida 22 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 39790 kishi shahid
boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Ramallah, Xalil, Baytlahm,
Nablus, Jeninga bostirib kirdi. Jeninda qarshilik kuchlari bosqinchilar bilan jang
qildi.
▪️Iordan vodiysida Al-Qassam brigadalari bir sionist askarini yoʻq qildi. U avvalroq
Gʻazoda jang qilgan. Operatsiya maktabdagi odamlarning oʻldirilishiga javob boʻldi.
▪️Bugun tongda Hizbulloh Isroil shimolidagi 8 ta shaharga 30
ta “Katyusha” raketalarini uchirdi.
Nahariyadagi 146-bosqinchi diviziyaning shtab-kvartirasi zarbaga uchradi.
▪️HAMAS
vositachilarni yangi muzokaralar oʻtkazish oʻrniga avval Bayden tomonidan ilgari
surilgan oʻt ochishni toʻxtatish rejasini taqdim etishga chaqirdi.
▪️Evropa Ittifoqi rahbari Smotrich va Ben-Gvirga qarshi “harbiy jinoyatga
chaqiriqlar” tufayli sanktsiyalar joriy qilishni talab qildi.
▪️AQSh “Avraam
Linkoln” suv osti kemasi va samolyot tashuvchi kemasini Yaqin Sharqqa koʻchirishga
buyruq berdi.
▪️TsAXAL oʻz askarlariga Eronning qarshi javob choralarini
qoʻllashidan qoʻrqib,
Gruziya va Ozarbayjonga borishni taqiqladi.
▪️Xitoy Tashqi ishlar vazirligi: Eronning oʻz suvereniteti va xavfsizligini
himoya qilishini qoʻllab-quvvatlaymiz.
▪️Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron,
Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts
va Britaniya bosh vaziri Key Starmerning qoʻshma bayonotida zudlik bilan Gʻazoga insonparvarlik yordami
koʻrsatilishi kerakligini taʻʻkidlandi.
▪️Britaniya qirollik dengiz flotining
koʻplab desant kemalari va 1000 dan ortiq maxsus qoʻshin askarlari Qibrisning
(Kipr) yunon qismi qirgʻoqlarida yigʻilmoqda.