Rossiyadagi «Vatandosh» oʻzbek jamiyati rahbari Usmon Baratov Moskva viloyati Stupinskiy shahar sudi tomonidan toʻrt yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U aholi oʻrtasida adovat va nafrat uygʻotganlik (RF Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismi) moddasi boʻyicha aybdor deb topildi.

Eslatib oʻtamiz, Baratovga qarshi ish yanvar oyida RF Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning shaxsiy koʻrsatmasi bilan ochilgan. U yanvarʻ oyida Rossiyada tuxum narxi oshgani haqidagi xabarlardan soʻng “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasiga tovuqlar suratini joylashtirib, «Tuxum boʻlishi uchun xoʻrozlarni urushdan qaytaring» degan mazmunda izoh qoldirgan.

Joriy yilning 27 fevralida Usmon Baratov Rosfinmonitoring ekstremistlar va terrorchilar roʻyxatiga kiritilgan.

Mavzuga aloqador