Tojikistonga xorijiy kapital oqimi 45,9 foizga oʻsib, 1,95 mlrd dollarga etdi
Joriy yilning 1 iyulʻ holatiga koʻra, Tojikistonga xorijiy kapital oqimi 1,95 milliard dollarni tashkil etdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 45,9 foizga koʻpdir. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 153,9 million dollarni tashkil etdi, deya xabar qildi Asia-Plus Tojikiston Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasiga tayanib.
Qoʻmita
maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilning birinchi yarmida mamlakatda umumiy qiymati 4,65
milliard dollarlik 88 ta davlat investitsiya loyihasi amalga oshirilgan.
Asia-Plus
taqdim etgan infografika maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri
xorijiy investitsiyalarning katta qismi – 67,8 mln dollari Xitoy, 50,8 mln
dollari AQSh, 14,3 mln dollari Rossiya hisobiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, Turkiya
(5,8 mln dollar) va Britaniya (5,2 mln dollar) ham tojik iqtisodiyotiga sarmoya
kiritgan.
Tojkiston
iqtisodiyotiga kiritilgan sarmoyalarning asosiy qismi (40 foizdan ortigʻi) davlat
byudjetiga toʻgʻri keladi, mintaqaning boshqa mamlakatlarida esa xorijiy
investitsiyalar va aholi ulushi ustunlik qiladi, deyiladi xabarda.
Qoʻmita
raisi Sulton Rahimzoda Tojikiston vaziyatni toʻgʻirlash choralarini koʻrayotganiga
ishontirdi. Uning soʻzlariga koʻra, kapitalni jalb etishning asosiy
mexanizmlaridan biri mamlakatning sarmoyaviy imkoniyatlarini taqdim etishdir. Shu
maqsadda ushbu davrda xorijda 8 ta investitsiya biznes-forumlari tashkil etilgan.
Tojikistonga qoʻshimcha sarmoya jalb etishning yana bir jihati
foydali qazilmalarni qazib olishdir. Sulton Rahimzodaning soʻzlariga koʻra,
foydali qazilmalarni qayta ishlash sohasiga sarmoya kiritishni koʻpaytirish maqsadida
qoʻmita ishlab chiqaruvchilarga “yashil sertifikat” olishda koʻmaklashmoqda.
“Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining saʻʻy-harakatlari
bilan Tojikistonda
qayta ishlangan mis va alyuminiy allaqachon “yashil sertifikat”ga ega boʻldi. Umuman
olganda, yashil iqtisodiyot va ishlab chiqarishga oʻtish uchun zarur boʻlgan 12 ta muhim
mineralning 10 tasi Tojikistonda topilgan boʻlib, ulardan 6 tasi qayta
ishlanmoqda. Bu yoʻnalishdagi imkoniyatlar katta, biz ulardan unumli foydalanishga
harakat qilamiz”, — deya xulosa qildi qoʻmita raisi.
Sulton Rahimzodaning qoʻshimcha qilishicha, soʻnggi uchta sarmoyaviy
shartnomadan biri Koreya kompaniyasi bilan, qolgan ikkitasi mahalliy kompaniyalar
bilan tuzilgan. Yaʻʻni tojik kompaniyalari mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni boshlagan.