10.08.2024 16:01
614
Bombalanayotgan Gʻazo: 309-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 309 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Natsistlar al-Daraj hududidagi koʻchirilganlar uchun maktabda qirgʻin uyushtirdi. Bomdod namozini oʻqiyotgan 100 dan ortiq kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: At-Tabain maktabining namozxonasiga qilingan hujum uy-joyidan ayrilganlarning 90 foizi shahid boʻlishi bilan yakunlandi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tulkarm, Qalqilya va Nablusga bostirib kirdi. Tulkarmda Al-Qassam brigadalari bosqinchi piyoda askarlarga hujum qildi.
▪️Al-Qassam brigadalari Tel al-Hava hududida bosqinchilarning tanklari va piyoda askarlarini portlatib yubordi.
▪️Hizbulloh Dovev ishgʻol kazarmasiga zarba berdi. Raketalar oʻz nishonlariga etib bordi.
▪️BMT: Oxirgi 3 kun ichida 70 ming falastinlik Xon Yunisdan koʻchirildi.
▪️AQSh Isroilga Amerika qurollari va harbiy texnikasini sotib olishi uchun 3,5 milliard dollar ajratadi.
▪️Bosqinchilar Livanning Sidon shahriga hujum qilishdi. Hujum chogʻida “Hizbulloh” etakchisi Samer al-Haj oʻldirilgan.
▪️Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka bazasidagi qoʻnish zonasida amerikalik askarlarga uchuvchisiz uchoq hujum qildi.