Oʻzbekistonda yana bir diniy oliy taʻʻlim muassasasi – Imom Termiziy nomidagi islom instituti Oʻzbekiston Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Taʻʻlim muassasasida oʻqish muddati 4 yil boʻlib, bakalavr darajasidagi oliy diniy maʻʻlumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Imom Termiziy nomidagi islom instituti Oʻzbekiston Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Taʻʻlim muassasasida oʻqish muddati 4 yil boʻlib, bakalavr darajasidagi oliy diniy maʻʻlumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Imom Termiziy nomidagi islom institutiga 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul eʻʻlon qilindi. Oʻqishga kirish istagida boʻlgan abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish 2024 yil 14 avgustdan 20 avgustga (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qadar davom etadi.

Mazkur oliy diniy taʻʻlim muassasasiga oʻrta maxsus islom taʻʻlim muassasasini tamomlagan abiturientlar hujjat topshirishlari mumkin.

Abiturientlar quyidagi fanlar boʻyicha qabul imtihonlarini topshiradilar:

Arab tili (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball

Hadis va Mustalahul hadis (ijodiy imtihon) – 63 ball

Oʻzbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball

Arab tili boʻyicha V2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Qabul imtihonlarini oʻtkazish sanasi boʻyicha qoʻshimcha maʻʻlumot beriladi.

Maʻʻlumot uchun, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Termiz shahrida 2020-2021 oʻquv yilidan oʻrta maxsus islom taʻʻlim muassasasi tashkil etilgan boʻlib, 2023-2024 oʻquv yilida ilk bitiruvchilar mazkur taʻʻlim muassasasini tamomladi.

Mavzuga aloqador