06.09.2024 13:47
Bombalanayotgan Gʻazo: 336-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 336 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Zaytun hududi va Gʻazo markaziga hujum qildi. 24 soat ichida 17 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 40 878 kishi shahid boʻldi.
▪️Natsistlar Kamol Advan kasalxonasiga kiraverishda odamlarga hujum qilishdi. 4 kishi halok boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Baytlahm, Nablus va Tulkarmga bostirib kirdi. 10 kun ichida yaradorlar soni 140 kishidan oshdi, 39 shahid.
▪️Bosqinchilar Jenindan qoʻshinlarini olib chiqib ketdi. Lager aholisi 10 kun ichida birinchi marta koʻchaga chiqishga muvaffaq boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Zaytun hududida nol masofadan Merkava tankiga hujum qildi.
▪️BMT: Avgust oyida Gʻazoning markaziy va janubiy qismidagi odamlar etarli oziq-ovqat ratsionini olmadi.
▪️Iordaniya tashqi ishlar vaziri: Agar Isroil Gʻarbiy Sohildagi falastinliklarni Iordaniyaga deportatsiya qilishga urinsa, buni "urush eʻʻloni" deb qabul qilamiz".
▪️Oq uy: "Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishishga 90 foiz yaqinmiz".
▪️Netanyaxu Fox Newsʼga: "Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga 90 foiz yaqin ekanligimiz haqidagi xabarlar notoʻgʻri".