05.09.2024 14:32

Qirgʻiziston fuqarolariga Rossiyaga bormay turishni tavsiya qildi

Qirgʻizistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyaga kelish uchun uzrli sabablari boʻlmagan fuqarolarni ushbu mamlakatga safar qilishdan vaqtincha tiyilib turishga chaqirdi. Bunga “RF hududida joriy qilingan qoʻshimcha xavfsizlik choralari va chet elliklarning mamlakat chegarasini kesib oʻtishida nazorat kuchaytirilganini” sabab qilib keltirdi.

Qirgʻizistonning Moskvadagi elchixonasi mamlakat fuqarolariga vaqtincha Rossiyaga sayohat qilishdan tiyilib turishni tavsiya qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Rossiya hududida joriy qilingan qoʻshimcha xavfsizlik choralari va chet el fuqarolarining Davlat chegarasi orqali oʻtishi ustidan nazorat kuchaytirilgan rejim davom etayotgani munosabati bilan Qirgʻiziston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Qirgʻiziston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasiga kirish uchun uzrli sabablari boʻlmagan fuqarolarga yuqoridagi choralar bekor qilinmaguncha uning hududiga sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishni tavsiya qiladi”, — deyiladi xabarda.

Oʻz navbatida, avvalroq Qirgʻiziston EOII mamlakatlari fuqarolarining respublika hududida boʻlish qoidalarini oʻzgartirgani haqida xabar bergan edik. Unga koʻra, Qirgʻizistonda ishlash, oʻqish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy maqsadlarda kelgan Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Armaniston, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon va Moldova fuqarolari 60 kundan ortiq boʻlgan muddatga yashash uchun roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi. Avvallari bu muddat 180 kunni tashkil etar edi.

Mavzuga aloqador