05.09.2024 15:37

8 mingga yaqin rohinja musulmonlari Mʻyanmadan Bangladeshga qochib oʻtdi

Bangladesh muvaqqat hukumatining tashqi ishlar boʻyicha maslahatchisi Touhid Husayn Mʻyanmaning Rakxayn shtatidagi mojarolardan qochgan 8 mingga yaqin rohinja musulmonlari Bangladeshga etib kelganini maʻʻlum qildi. “Mamlakat koʻproq qochqinlarga gumanitar boshpana berish imkoniyatiga ega emas va endi rohinja musulmonlarini qabul qila olmaydi”, - dedi u.

Bangladesh muvaqqat hukumatining tashqi ishlar boʻyicha maslahatchisi Touhid Husayn Mʻyanmada majburan koʻchirilgan 8000 ga yaqin rohinja musulmonlari Bangladeshga kirganini maʻʻlum qildi.

Dhaka Tribune nashrining xabariga koʻra, tashqi ishlar boʻyicha maslahatchi Hussayn ushbu mavzuga bagʻishlangan matbuot anjumanida Mʻyanmaning Rakxayn shtatidagi mojarolardan qochgan 8 mingga yaqin rohinja musulmonlari Bangladeshga etib kelganini maʻʻlum qildi.

“Mamlakat koʻproq qochqinlarga gumanitar boshpana berish imkoniyatiga ega emas va endi Rohinja musulmonlarini qabul qila olmaydi”, - dedi u.

Husaynning aytishicha, mamlakatning Mʻyanma bilan chegarasi oʻtish uchun yopiqligicha qolmoqda, biroq chegarani toʻliq qoʻriqlash qiyin.

Rohinja musulmonlarining “qaytib kelishiga koʻmaklashish” uchun Mʻyanma armiyasiga qarshi kurashayotgan qurolli isyonchi guruhlardan biri Arakan armiyasi bilan aloqa kanali oʻrnatish zarurligini qayd etib oʻtdi. Husaynning qoʻshimcha qilishicha, 2-3 kun ichida bu masala boʻyicha vazirlar mahkamasi yigʻilishi oʻtkaziladi.

Rohinja musulmonlarini etnik tozalash

2012 yilda Mʻyanmaning Rakxayn shtatida buddistlar va musulmonlar oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlanib, minglab odamlar, aksariyati musulmonlar halok boʻlgan, yuzlab uy va ish joylari yonib ketgandi.

2017 yil 25 avgust kuni Rakxayndagi chegara postlariga uyushtirilgan hujumlardan soʻng Mʻyanma armiyasi va buddist millatchilar keng koʻlamli zoʻravonliklarni boshladi. BMT maʻʻlumotlariga koʻra, 2017 yil avgust oyidan keyin Rakxayndagi zulm va taʻʻqiblardan qochib Bangladeshdan boshpana topganlar soni 900 ming kishidan oshgan.

BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari rohinja musulmonlariga qarshi zoʻravonlikni “etnik tozalash” yoki «genotsid» deb ataydi.

Mavzuga aloqador