Bombalanayotgan Gʻazo: 335-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 335 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah,
Nuseyrat lageri va Shayx Radvan hududiga hujum qildi. 24 soat ichida 47 kishi
vafot etdi.
▪️Natsistlar Dayr al-Balahdagi Al-Aqso kasalxonasi
hududidagi chodirlarga hujum qildi. 4 kishi halok boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda Falastin shaharlariga hujum 9-kundirki davom
etmoqda. Jenin, Tubas, Nablus va Tulkarmda shiddatli janglar ketmoqda.
▪️Tubasda bosqinchilar bir kunda 5 nafar falastinlikni
oʻldirdi. Natsistlarning qoʻshimcha
kuchlari kelyapti. Jeninda barcha joyda snayperlar bor.
▪️Jenin sharqida 4000 nafar aholi hujumlar sababli uylarini tark etishga
majbur boʻldi.
▪️Gʻazo SSV: Gʻazo sektorida bolalarni
poliomielitga qarshi emlash kampaniyasining ikkinchi bosqichi eksklav janubidagi Xon
Yunus va Rafah shaharlarini qamrab oladi. Hozirda 189
551 bola poliomielitga qarshi emlangan.
▪️Isroil armiyasi 2023 yil 7
oktyabrdan beri 170 nafar
jurnalistni oʻldirdi, 61 qamoqqa oldi.
▪️Bosqinchilar Livan janubidagi
shaharlarga katta hujumlar uyushtirdi.
▪️Xalqaro
jinoyat sudi bosh prokurori Karim Xon yapon jurnalistiga “Isroil
tarafdorlari” tomonidan tahdidlar olganini maʻʻlum qildi.
▪️Meta:
Falastinliklar bilan birdamlik belgisi sifatida ishlatiladigan “Daryodan
dengizgacha...” iborasi kompaniya siyosatini buzmaydi.