Oʻzbekiston tergov vaqtidagi qiynoqlarning oldini olish choralari kuchaytirilmoqda
Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi deputatlari jinoyat ishini yuritish chogʻida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Hujjatga koʻra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilanmoqda.
Davomini o'qish...54021.01.2025 15:15AQSh va Afgʻoniston oʻrtasida asirlar almashinuvi boʻlib oʻtdi
“Tolibon” 20 yil muqaddam Afgʻonistonning Nangarhor viloyatida oʻgʻirlab ketilgan va Kaliforniyada umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan Xon Muhammad amerikalik asirlar evaziga ozodlikka chiqqanini maʻʻlum qildi. Harakat uning ozod qilinishida yordam bergani uchun Qatarga minnatdorchilik bildirdi.
Davomini o'qish...111721.01.2025 14:00Gʻazo sektorida: kunning eng muhim voqealari
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...23821.01.2025 13:15Tojikiston shimolida kondagi oʻpirilish oqibatida uch kishi halok boʻldi
Tojikiston shimolidagi Soʻgʻd viloyatining Ayniy tumanida joylashgan Fon-Yagnob koʻmir konida oʻpirilish oqibatida uch kishi halok boʻldi. Hodisaga xavfsizlik qoidalarining buzilishi yoki hududdagi togʻ jinslarining beqarorligi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Davomini o'qish...53721.01.2025 12:30Tramp tashqi yordam dasturlarini 90 kunga toʻxtatdi
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp inauguratsiya marosimidan soʻng 200 dan ortiq farmonni imzoladi. Ular orasida AQShning barcha tashqi dasturlarini, shu jumladan Ukrainaga ham, 90 kunga toʻxtatish, , JSST va Parij iqlim kelishuvlaridan chiqish, federal hukumat faqat ikkita oʻzgarmas jins - erkak va ayolni tan olishini koʻzda tutuvchi hujjatlar bor.
Davomini o'qish...122621.01.2025 11:45Turkiyada mehmonxonadagi yongʻinda kamida 10 kishi halok boʻldi
Turkiyaning Bolu viloyatidagi togʻ-changʻi kurortida yuz bergan yirik yongʻinda kamida 10 kishi halok boʻldi, 30 dan ziyod kishi jarohatlandi.
Davomini o'qish...74321.01.2025 11:00Meksika ommaviy deportatsiyaga tayyorlanmoqda
Meksika hukumati AQShdagi besh million noqonuniy meksikalik muhojirlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqdi. Donalʻd Tramp vaʻʻda qilgan AQSh tarixidagi “eng yirik deportatsiya operatsiyasi”ga tayyorgarlik doirasida hukumat 2600 dan ortiq advokat va 2200 konsullik xodimini safarbar qildi. Shuningdek, chegaraoldi shaharlarda vaqtinchalik boshpanalar qurdi.
Davomini o'qish...102521.01.2025 10:15Uchta musulmon hudud Rossiyaning eng xavfsiz subʻʻektlari boʻldi
2024 yilda Rossiya hududlari orasida jinoyatchilikning eng past darajasi Checheniston, Ingushetiya va Dogʻistonda kuzatildi. Jumladan, Chechenistonda oʻtgan yili har 10 ming aholiga atigi 17 jinoyat toʻgʻri kelgan. Taqqoslash uchun, mamlakat miqyosida bu koʻrsatkich oʻrtacha 131 tani tashkil etadi.
Davomini o'qish...137021.01.2025 09:30Oʻta oʻng partiya Italiyada niqob kiyishni taqiqlashga chaqirmoqda
Italiyada oʻta oʻngchi «Liga» partiyasi jamoat joylarida yuzni berkituvchi libos qismi – niqob taqishni taqiqlash taklifini ilgari surdi. Ushbu taqiq buzilgan taqdirda 30 ming evrogacha jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi joriy etish taklif etilmoqda.
Davomini o'qish...111521.01.2025 08:45Nigeriyada yana benzovoz halokati: 80 kishi ommaviy qabrga koʻmildi
Nigeriyada benzovoz agʻdarilishi natijasida 60 tonna yoqilgʻi erga toʻkildi. Uni yigʻish uchun olomon toʻplangan vaqtda portlash roʻy berdi va kamida 86 kishi halok boʻldi. Qurbonlarning kamida 80 nafari ommaviy qabrga koʻmildi. Oktyabrda ham xuddi shunday holatda 180 dan ortiq odam oʻlgandi.
Davomini o'qish...77621.01.2025 08:00
...













