21.01.2025 14:00

AQSh va Afgʻoniston oʻrtasida asirlar almashinuvi boʻlib oʻtdi

“Tolibon” 20 yil muqaddam Afgʻonistonning Nangarhor viloyatida oʻgʻirlab ketilgan va Kaliforniyada umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan Xon Muhammad amerikalik asirlar evaziga ozodlikka chiqqanini maʻʻlum qildi. Harakat uning ozod qilinishida yordam bergani uchun Qatarga minnatdorchilik bildirdi.

“Tolibon” AQSh bilan mahbuslar almashinuvi chogʻida Afgʻoniston fuqarolari ozod etilgani haqida xabar berdi, deb maʻʻlum qildi Al Jazeera.

Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi ozod etilgan amerikaliklar soni va ularning ismlariga aniqlik kiritmadi. Maʻʻlumki, ular 20 yil avval Afgʻonistonning Nangarhor viloyatida amerikaliklar tomonidan oʻgʻirlab ketilgan va Kaliforniyada umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan Xon Muhammadga almashtirilgan.

“Afgʻoniston Islom Amirligi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi uzoq va samarali muzokaralardan soʻng afgʻon mujohidi Xon Muhammadni Amerika fuqarolari evaziga Amerika qamoqxonasidan ozod qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi”, — deyiladi seshanba kuni Afgʻoniston TIV xabarida.

“Afgʻoniston Islom Amirligi ushbu almashinuvni munozarali masalalarni muloqot orqali hal etishning yaxshi namunasi sifatida baholaydi va birodar Qatar xalqiga muzokaralarda koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiradi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador