Nigeriyada yana benzovoz halokati: 80 kishi ommaviy qabrga koʻmildi
Nigeriyada benzovoz agʻdarilishi natijasida 60 tonna yoqilgʻi erga toʻkildi. Uni yigʻish uchun olomon toʻplangan vaqtda portlash roʻy berdi va kamida 86 kishi halok boʻldi. Qurbonlarning kamida 80 nafari ommaviy qabrga koʻmildi. Oktyabrda ham xuddi shunday holatda 180 dan ortiq odam oʻlgandi.
Nigeriyada
yoqilgʻi tashuvchi tanker bilan sodir boʻlgan dahshatli hodisa natijasida koʻplab
insonlar qurbon boʻldi. Maʻʻlumotlarga koʻra, oʻtgan shanba kuni Diko shahrida (Niger
shtati) yoqilgʻi tashuvchi mashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida tsisterna
agʻdarilib ketgan.
Voqea
joyiga mahalliy aholi oqib kelgan va umumiy hajmi 60 tonna boʻlgan toʻkilgan
yoqilgʻini yigʻa boshlagan. Olomon yoqilgʻi tankerini zich oʻrab olgan vaqtda kuchli
portlash sodir boʻlgan.
Ayni
damda 86 kishi halok boʻlgani, ellikdan ortigʻi yaralangani tasdiqlangan. Voqea
qurbonlarining kamida 80 nafari ommaviy qabrga dafn etilgan.
Shunga
oʻxshash hodisa 2024 yil oktyabrʻ oyida ham roʻy bergan edi. Oʻshanda yoqilgʻi
tsisternasi portlashi oqibatida 180 dan ortiq odam halok boʻlgandi. Oʻlganlarning
aksariyati tsisternadan toʻkilgan yoqilgʻini yigʻib olish vaqtida yuzaga kelgan
portlashda oʻlgandi.



