21.01.2025 11:45
576

Tramp tashqi yordam dasturlarini 90 kunga toʻxtatdi

AQSh prezidenti Donalʻd Tramp inauguratsiya marosimidan soʻng 200 dan ortiq farmonni imzoladi. Ular orasida AQShning barcha tashqi dasturlarini, shu jumladan Ukrainaga ham, 90 kunga toʻxtatish, , JSST va Parij iqlim kelishuvlaridan chiqish, federal hukumat faqat ikkita oʻzgarmas jins - erkak va ayolni tan olishini koʻzda tutuvchi hujjatlar bor.

AQSh prezidenti Donalʻd Tramp inauguratsiya marosimidan soʻng 200 dan ortiq farmonni imzoladi.

U 2021 yil 6 yanvardagi Kapitoliyda roʻy bergan tartibsizliklarning 1500 nafar  ishtirokchisini avf etdi, TikTok taqiqini toʻxtatdi, AQShning tashqi yordam xarajatlarini har tomonlama koʻrib chiqishni buyurdi, Meksika chegarasida milliy favqulodda holat eʻʻlon qildi hamda JSST va Parij iqlim kelishuvlaridan chiqdi.

Donalʻd Tramp, jumladan, mamlakatning barcha tashqi yordam dasturlari, shu jumladan Ukrainaga, 90 kunga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu vaqt davomida ushbu yordamlarning AQSh milliy manfaatlari va tashqi siyosati maqsadlariga muvofiqligi baholanadi.

Bundan tashqari, Tramp noqonuniy muhojirlarning AQShda tugʻilgan farzandlariga avtomat ravishda AQSh fuqaroligini berishni toʻxtatish haqidagi farmonni ham imzoladi.

Trump transgenderlarni himoya qilishni bekor qildi va federal hukumatdagi xilma-xillik, tenglik va inklyuziya dasturlarini tugatdi. Bu ikkala harakat ham federal siyosatdagi asosiy oʻzgarishlar boʻlib, uning saylovoldi vaʻʻdalariga mos keladi.

Farmonga koʻra, federal hukumat faqat ikkita oʻzgarmas jinsni - erkak va ayolni tan oladi. Ular odamlarning xromosomalariga qarab emas, balki «tuxum» yoki «sperma» bilan tugʻilishiga qarab belgilanadi.

Farmonga koʻra, federal qamoqxonalar, zoʻrlash qurbonlari uchun boshpanalar va muhojirlar uchun boshpanalar jins boʻyicha ajratiladi. Federal soliq toʻlovchining pullari endi "oʻtish davri xizmatlarini" moliyalashtirish uchun ishlatilmaydi.

Oq uy hujjatiga koʻra, Tramp allaqachon Davlat departamentiga “Birinchi navbatda Amerika” tamoyiliga asoslangan milliy manfaatlarni himoya qilish siyosatini amalga oshirish boʻyicha koʻrsatma bergan.

Shuningdek, AQSh prezidenti tez orada Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot oʻtkazishi va shaxsan uchrashishini maʻʻlum qildi. Shundan soʻng Ukrainadagi urush tugashining aniq sanalarini aytishini bildirdi.

 

Mavzuga aloqador