Tojikiston shimolida kondagi oʻpirilish oqibatida uch kishi halok boʻldi
Tojikiston shimolidagi Soʻgʻd viloyatining Ayniy tumanida joylashgan Fon-Yagnob koʻmir konida oʻpirilish oqibatida uch kishi halok boʻldi. Hodisaga xavfsizlik qoidalarining buzilishi yoki hududdagi togʻ jinslarining beqarorligi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Tojikiston
shimolidagi Soʻgʻd viloyatining Ayniy tumanida joylashgan Fon-Yagnob koʻmir konida oʻpirilish
oqibatida uch kishi halok boʻldi. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar
va fuqarolik mudofaasi qoʻmitasi xabar berdi.
Qoʻmita
xabariga koʻra, qutqaruv ishlarini olib borish uchun voqea joyiga Favqulodda
vaziyatlar qoʻmitasining Soʻgʻd viloyati boʻyicha kon qutqaruvchilari safarbar etilgan.
Voqea joyiga etib borgan qutqaruvchilar 1978, 1983 va 1984
yillarda tugʻilgan 3 nafar konchining jasadlarini kondan chiqarib olishdi. Jasadlar
tuman kasalxonasiga etkazilgan.
Qutqaruvchilarning soʻzlariga koʻra, hozirda konning qulashi
sabablari vakolatli organlar tomonidan oʻrganilmoqda.
Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, hodisaga xavfsizlik
qoidalarining buzilishi yoki koʻmir qazib olinadigan hududdagi togʻ jinslarining
beqarorligi sabab boʻlishi mumkin.