Oʻzbekiston tergov vaqtidagi qiynoqlarning oldini olish choralari kuchaytirilmoqda
Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi deputatlari jinoyat ishini yuritish chogʻida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Hujjatga koʻra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilanmoqda.
Oʻzbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21 yanvarʻ kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi
majlisida jinoyat ishini yuritish chogʻida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini
olishga qaratilgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Qonun
loyihasi bilan «Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida»gi qonunga
tegishli qoʻshimchalar kiritish orqali, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan
oldin uni tergov hibsxonasining oʻzida, hibsxonaga kelganidan boshlab 2 soat
ichida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilanmoqda.
Tibbiy
koʻrik davomida shaxsning tanasida jarohat va shikastlanishlar aniqlangan taqdirda
zudlik bilan prokurorga xabar berilishi tartibi oʻrnatilmoqda.
Qonun
loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qilinib, Senatga
yuborildi.