21.01.2025 09:30

Uchta musulmon hudud Rossiyaning eng xavfsiz subʻʻektlari boʻldi

2024 yil oxiriga kelib Rossiya hududlari orasida jinoyatchilikning eng past darajasi Checheniston, Ingushetiya va Dogʻistonda kuzatildi. Bu haqda RIA Novosti Ichki ishlar vazirligi maʻʻlumotlariga asoslanib xabar qildi.

Qayd etilishicha, Chechenistonda oʻtgan yili har 10 ming aholiga atigi 17 jinoyat toʻgʻri kelgan. Taqqoslash uchun, mamlakat miqyosida bu koʻrsatkich oʻrtacha 131 tani tashkil etadi.

Jinoyatchilikning eng yuqori darajasi Kareliya va Oltoy respublikalari hamda Nenets avtonom okrugida qayd etilgan. Ushbu hududlarda 2024 yilda har 10 000 aholiga 200 dan ortiq jinoyat rasmiy ravishda qayd etilgan.

Umuman olganda, mamlakatda jinoyatchilik darajasining pasayish tendentsiyasi kuzatilgan. Oʻtgan yili jinoyatlar soni 1,8 foizga kamayib, qariyb 1,9 million tani tashkil etgan. 57 ta hududda ijobiy tendentsiya qayd etilgan

Mavzuga aloqador