21.01.2025 08:45

Oʻta oʻng partiya Italiyada niqob kiyishni taqiqlashga chaqirmoqda

 

Italiyada oʻta oʻngchi «Liga» partiyasi jamoat joylarida yuzni berkituvchi libos qismi – niqob taqishni taqiqlash taklifini ilgari surdi. Ushbu taqiq buzilgan taqdirda 30 ming evrogacha jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi joriy etish taklif etilmoqda.

Italiyada oʻta oʻngchi «Liga» partiyasi jamoat joylarida yuzni berkituvchi libos qismi – niqob taqishni taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda 20 yanvarʻ, dushanba kuni “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.

Tegishli qonunchilik tashabbusi mualliflari buni xavfsizlik masalalari bilan bogʻlashdi. Shuningdek, tashabbus mualliflariga koʻra, ayollarga hurmat yuzasidan ham niqob taqiqlanishi kerak.

Ushbu taqiq buzilgan taqdirda 30 ming evrogacha jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi joriy etish taklif etilmoqda. Shuningdek, bu turdagi qoidabuzarlik Italiya fuqaroligini olish huquqidan mahrum etilishga ham sabab boʻlishi mumkin.

Vikipediya maʻʻlumotlariga koʻra, “Salvini bosh vazir boʻlishi uchun Liga” “qisqartirilib “Liga” deyiladi) Matteo Salvini boshchiligidagi oʻng qanot populistik siyosiy partiyadir. U Shimoliy Liganing norasmiy davomchisi hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shveytsariyada jamoat joylarida yuzni toʻliq yopadigan burqa yoki niqob taqish taqiqlandi. Mamlakat ushbu qoidani kuchga kiritgan Frantsiya, Avstriya, Belʻgiya, Daniya kabi Evropa davlatlari qatoriga qoʻshilgandi.

Mavzuga aloqador