Turkiyada mehmonxonadagi yongʻinda kamida 10 kishi halok boʻldi
Turkiyaning Bolu viloyatidagi togʻ-changʻi kurortida yuz bergan yirik yongʻinda kamida 10 kishi halok boʻldi, 30 dan ziyod kishi jarohatlandi.
Turkiyaning
Bolu viloyatidagi togʻ-changʻi kurortida yuz bergan yirik yongʻinda kamida 10 kishi
halok boʻldi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Erlikaya X ijtimoiy
tarmogʻida maʻʻlum qildi.
Favqulodda
hodisa «Karlakay» mehmonxonasida tungi soat uchlar atrofida sodir boʻlgan.
Dastlabki
maʻʻlumotlarga koʻra, yongʻin restoran joylashgan qavatda sodir boʻlgan. Bu qavatda
230 dan ortiq kishi istiqomat qilgan, deya xabar beradi “Anadolu”.
Avvalroq
olti kishi halok boʻlgani, ularning barchasi Turkiya fuqarolari ekani aniqlangan
edi. Hozirda qurbonlar soni 10 kishiga etdi. Yaradorlar soni 30 kishidan oshdi.
Shifokorlar ularning hayotlari uchun kurashmoqda.
Ayni
paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan hodisaning sabab va oqibatlari
oʻrganilmoqda.