Armaniston Tavush viloyatidagi toʻrtta qishloqni Ozarbayjonga oʻtkazadigan boʻldi. Armaniston bosh vaziri devoni ushbu qarorni izohlar ekan, bu chegaradagi xavfsizlikka tahdidlarni kamaytirishini maʻʻlum qildi.
Isroil armiyasi Nasir kasalxonasiga bosqin paytida turli yoshdagi 190 nafar halok boʻlgan falastinlik erkagu ayolni ommaviy qabrlarga dafn qilgani maʻʻlum boʻldi. 500 ga yaqin kishi hali ham bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasi aʻʻzoligiga qabul qilindi.
Ozarbayjon yillar davomida bosib olingan erlarini ozod qilar ekan, Janubiy Kavkazdagi status-kvo ham oʻzgardi. Urush va magʻlubiyat oqibatlari Armanistonning ichki va tashqi siyosatiga taʻʻsir qilishda davom etmoqda.
Umar ibn al-Xattob davrlarida u kishining huzurlariga uch kishi miskin bir yigit bilan kirib shunday deyishdi: "Ey moʻʻʻminlar amiri, mana bu yigitdan biz uchun qasos olishingizni soʻraymiz, sababi bu inson bizni otamizni oʻldirdi".
Oʻzbekiston Qozogʻistonning suv toshqinlaridan jabr koʻrgan hududlari aholisi uchun 15 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami joʻnatdi. 100 tonna yukni oʻz ichiga olgan mazkur yordam qiymati 10 milliard soʻmni tashkil etishi maʻʻlum qilindi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 197 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
YuNISEF Gʻazodagi bolalar Isroil hujumlarining eng ogʻir yukini koʻtarayotgani, har 10 daqiqada ulardan biri oʻlayotgani yoki jarohat olayotganini maʻʻlum qildi.
Qozogʻistonda “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi yangi qonun qozoq tilidagi axborotlar ulushini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan. 2025 yildan boshlab qozoq tilidagi tele va radio dasturlar umumiy hajmining kamida 55 foizini, 2027 yildan esa 60 foizini tashkil qilishi kerak.
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) Parlament assambleyasining siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisida Assambleyaning Falastin davlatining Gʻazo sektoridagi vaziyat toʻgʻrisidagi bayonoti loyihasi koʻrib chiqildi. Unda Oʻzbekiston nuqtai nazari va takliflari ham inobatga olindi.