Qozogʻiston qozoq tilidagi axborotlar ulushini oshirishni rejalashtirmoqda
Qozogʻistonda “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi yangi qonun qozoq tilidagi axborotlar ulushini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan. 2025 yildan boshlab qozoq tilidagi tele va radio dasturlar umumiy hajmining kamida 55 foizini, 2027 yildan esa 60 foizini tashkil qilishi kerak.
2025
yildan boshlab qozoq tilidagi tele va radio dasturlar umumiy hajmining kamida 55
foizini, 2027 yildan esa 60 foizini tashkil qilishi kerak. Haftalik
translyatsiya hajmida xorijiy kanallarning retranslyatsiyasi 20 foizdan 10 foizga
qisqartiriladi. Tegishli talab chorshanba kuni Qozogʻiston parlamenti tomonidan
qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun bilan kiritilgan.
Tashqi ishlar vazirligi “Qozogʻiston Respublikasining milliy
xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda” xorijiy jurnalistlarni
akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish huquqiga ega boʻladi.
Avvalroq,
2023 yil oktyabrʻ oyida Qozogʻiston prezidenti Qosim Joʻmard Toʻqaev taʻʻlim, media va texnologiya sohalarida
davlat tilidagi eshittirish kontenti ulushini oshirishni buyurgan edi.
“Qozoq tilini yanada rivojlantirish hamisha davlat siyosatining
ustuvor vazifalaridan biri boʻlib qoladi”, — dedi Qozogʻiston rahbari matbuot
xizmati.
Toʻqaev
bolalar uchun animatsion filʻmlar yaratish, filʻmlar va ilmiy adabiyotlar ishlab
chiqarishni kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda taʻʻlim kanallarini ochish
muhimligini taʻʻkidladi.
Shu bilan birga, Qozogʻiston prezidenti har safar qozoq tilining
rivojlanishi boshqa tillarni kamsitmasdan, «oqilona» va «ilgʻor» boʻlishi
kerakligini taʻʻkidlaydi. Bir yil avval Toʻqaev qozoq tilini bilmaydigan odamlarga nisbatan zulmga yoʻl
qoʻyilmasligini eʻʻlon qilgan edi.
“Davlat tilini oʻrganmagan va uni zarur darajada bilmaydigan
fuqarolar hech qanday holatda tilidan kelib chiqib kamsitilmasligi kerak”, dedi u
va davlat tilini oʻrganish “kundalik normaga aylanishi kerak”ligini aytdi.
Yaqinda prezident
Toʻqaev rus tilini
himoya qilib, fuqarolarni oʻzlarini “inklyuzivlik va tushunish ruhi” bilan
singdirishga va rus tili atrofida “keraksiz talvasa” qoʻzgʻash vasvasasiga tushmaslikka chaqirgandi.