MDH Parlament assambleyasida Gʻazo sektori bilan bogʻliq bayonot koʻrib chiqildi
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) Parlament assambleyasining siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisida Assambleyaning Falastin davlatining Gʻazo sektoridagi vaziyat toʻgʻrisidagi bayonoti loyihasi koʻrib chiqildi. Unda Oʻzbekiston nuqtai nazari va takliflari ham inobatga olindi.
Mustaqil
davlatlar hamdoʻstligi (MDH) Parlament assambleyasining siyosiy masalalar va
xalqaro hamkorlik boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi,
deya xabar
qildi OʻzA.
Gibrid
formatda oʻtkazilgan tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarusʻ, Qozogʻiston,
Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston parlamentlari vakillari qatnashdi. Majlisda
Oʻzbekiston nomidan Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy
aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek
Alimov ishtirok etdi.
Komissiya aʻʻzolari MDH Parlament assambleyasi kengashi
muhokamasiga taqdim etiladigan qator hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqdi.
Shuningdek, Assambleyaning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar
bilan terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi oʻzaro hamkorligi, parlamentlararo
birlashmalar tadbirlari toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.
Jumladan, MDH Parlament assambleyasining Falastin davlatining
Gʻazo sektoridagi vaziyat toʻgʻrisidagi bayonoti va MDH Parlament assambleyasi
huzurida kuzatuvchi maqomi toʻgʻrisidagi nizom loyihalari koʻrib chiqildi.
Muhokama davomida bildirilgan Oʻzbekiston Respublikasining
nuqtai nazari va takliflari majlisning yakuniy hujjatlarida inobatga olindi.
MDH Parlament assambleyasining Gʻazo sektori bilan bogʻliq bayonoti qachon eʻʻlon qilinishi hozircha aniq emas.