Mahmud Ahmadinajod: Eron razvedkasining Isroilga qarshi kurash boʻlinmasi rahbari Mossad agenti boʻlib chiqdi
Eronning sobiq prezidenti Mahsud Ahmadinajod Eron razvedkasining Isroilga qarshi kurash boʻlinmasi rahbari Mossad agenti boʻlib chiqqani, Isroil josuslari Eron hukumati, ayniqsa razvedka va xavfsizlik boʻlinmalarining eng yuqori darajalarigacha sizib kirganini taʻʻkidladi.
U
Isroilning Eron hududida turli operatsiyalarni amalga oshira olishi, eng maxfiy
boʻlinmalardan atom bombasini yaratishga oid maʻʻlumotlarni qoʻlga kiritganini
maʻʻlum qildi.
Eronning
sobiq prezidenti bularning mamlakat boshqaruvi ichidagi Isroilning keng qamroqli
taʻʻsiri va josuslar tarmogʻining haligacha fosh qilinmagani sababli roʻyobga
chiqqanini qayd etib oʻtdi.
Oʻtgan
haftaning payshanba kuni Mossadning sobiq direktori Yosi Koxan ham Eronning atom
bombasiga oid maxfiy maʻʻlumotlari ikki yillik saʻʻy-harakatlar ortidan hech biri
isroillik va yahudiy boʻlmagan 20 kishilik eronlik guruh yordamida qoʻlga
kiritilganini maʻʻlum qilgan edi.