Oʻzbekiston suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Qozogʻiston aholisiga yordam yubordi
Oʻzbekiston suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Qozogʻiston
aholisiga yordam yubordi
Oʻzbekiston Qozogʻistonning suv toshqinlaridan jabr koʻrgan
hududlari aholisi uchun 15 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami joʻnatdi. 100
tonna yukni oʻz ichiga olgan mazkur yordam qiymati 10 milliard soʻmni tashkil etishi
maʻʻlum qilindi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirigʻiga koʻra Qozogʻistonga suv toshqinidan jabr
koʻrgan hududlar aholisi uchun insonparvarlik yordami joʻnatildi. Bu haqda bosh
vazir Abdulla Aripov matbuot xizmati xabar
qildi.
Oʻzbekiston
hukumati asosida 15 ta yuk avtomashinasidan iborat insonparvarlik yuki
shakllantirilib, yuklarni etkazib berish boʻyicha tashkiliy masalalar belgilab
olingan. Uni prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov
boshchiligidagi ishchi guruh etkazib beradi.
Insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar,
bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, koʻrpacha, yopingʻich, yostiqlar,
gigienik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq toʻplamlari va boshqa
zarur mahsulotlar oʻrin olgan.
«Gazeta.uz» oʻz manbasiga tayanib, 10 milliard soʻmlik 100 tonna yuk joʻnatilganini maʻʻlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonda mart oyidan buyon qor va muzlarning erishi natijasida daryolar sathi koʻtarilib, mamlakatning katta qismida suv toshqinlari kuzatilmoqda.