22.04.2024 08:22

Gʻazodagi ommaviy qabrlardan 190 kishining jasadi qazib olindi

 

Isroil armiyasi Nasir kasalxonasiga bosqin paytida turli yoshdagi 190 nafar halok boʻlgan falastinlik erkagu ayolni ommaviy qabrlarga dafn qilgani maʻʻlum boʻldi. 500 ga yaqin kishi hali ham bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda.

Isroil armiyasi Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunus shaharchasidan olib chiqilgach, Nasir kasalxonasi majmuasidagi ommaviy qabrdan 190 kishining jasadi chiqarildi.

Sogʻliqni saqlash manbalarining Falastinning WAFA rasmiy xabar agentligiga maʻʻlum qilishicha, qidiruv-qutqaruv guruhlari Nasir kasalxonasi majmuasidagi ommaviy qabrdan Isroil kuchlari tomonidan oʻldirilgan turli yoshdagi 190 nafar erkak va ayolning jasadini qazib oldi.

Xabarda aytilishicha, Isroil armiyasi Nasir kasalxonasiga uyushtirilgan reyd chogʻida halok boʻlgan falastinliklarni qurilish jihozlari yordamida shifoxona atrofida ochilgan ommaviy qabrlarga koʻmib, 500 ga yaqin odamning hamon bedarak yoʻqolganligini taʻʻkidladi.

Isroil qoʻshini tomonidan 4 oydan beri bombardimon qilingan Xon Yunusda yoʻllar, koʻchalar va uylar vayronalari ostida koʻp sonli jasad qolmoqda

Mavzuga aloqador