Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar Islomiy fiqh akademiyasi aʻʻzoligiga qabul qilindi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasi aʻʻzoligiga qabul qilindi.
Oʻzbekiston
musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Islom
olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasi aʻʻzoligiga qabul qilindi. Bu
haqda 20 aprelʻ kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Akademiyaning 23-davra
yigʻilishida eʻʻlon qilindi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
matbuot xizmati.
Yigʻilishda
ishtirok etayotgan dunyoning etakchi ulamolari muftiy hazratlarini ushbu martaba
bilan qutlab, Oʻzbekistondagi diniy-maʻʻrifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholashdi.
Taʻʻkidlanishicha,
shu paytga qadar ham Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon
ulamolari kengashi va Musulmon donishmandlar kengashi aʻʻzosi sifatida nufuzli
tadbirlardagi tashabbuslari musulmon dunyosi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Shuningdek,
dolzarb mavzudagi chiqishlari Misr Arab Respublikasi, Qatar, Rossiya va MDHdagi
bir qator davlatlarning minglab kuzatuvchilarga ega boʻlgan sayt va ijtimoiy
tarmoqlar, gazeta-jurnallarda arab, ingliz va rus tillarida nashr etildi.
“Oʻzbekiston
vakilining mazkur kengashga qabul qilingani yurtimizda davlatimiz Rahbari
rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli diniy-maʻʻrifiy sohadagi
islohotlarning yuksak eʻʻtirofi boʻldi”, - deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston
muftiysi mushtarak maqsadlar boʻlmish Islom dini, musulmon ummatiga xizmat qilish,
Islom fiqhining eʻʻtirof etilgan manbalaridan butun dunyo musulmonlari duch
kelayotgan zamonaviy muammolarga echim topish, musulmonlar oldida turgan
masalalarni hal qilishda munosib ishtirok etish, Islom fiqhiy merosini targʻib
qilish va bu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish borasida bor
bilim-tajriba hamda imkoniyatlarini safarbar etishini maʻʻlum qildi.