20.04.2024 13:28

Bombalanayotgan Gʻazo: 197-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 197 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Rafah, Nuseyrat lageri, Xon Yunis va Dayr al-Balahga hujum qilib, koʻp sonli bolalarni oʻldirdi. Bir kunda 42 kishi shahid boʻldi. Umuman olganda, urush boshlanganidan beri qurbonlar soni 34 ming kishidan oshdi, 76 833 kishi jarohat oldi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilarning Nur Shams lageriga uyushtirgan hujumi natijasida bir bola va Al-Quds brigadasining Tulkarmdagi batalʻoni qoʻmondoni hamda 7 nafar falastinlik shahid boʻldi. Lagerga hujum ikkinchi kundan beri davom etmoqda. Bosqinchilar lagerda soʻnggi oʻn yilliklardagi eng katta vayronagarchilikka sabab boʻldi.

▪️ Yahudiy bosqinchilarining Bagʻdoddagi xalq safarbarlik kuchlari harbiy bazasiga uyushtirgan hujumi natijasida bir kishi halok boʻldi, bir necha kishi yaralandi. Bobildagi Kalsi bazasi ham zarbaga uchradi.

▪️ Fashistlar taʻʻlimi vaziri Ben Gvir "qamoqxonalardagi gavjumlikni kamaytirish" uchun falastinlik mahbuslarni qatl qilishga chaqirdi.

▪️ 20 aprelʻ kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Istanbulda Doʻlmabogʻcha qarorgohida HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan uchrashadi.

▪️ Isteʻʻmolchilarni 7 tilda inson huquqlari buzilishi, genotsid, atrof-muhit ifloslanishi va hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlgani uchun dunyo boʻylab boykot qilingan mahsulot va kompaniyalar haqida maʻʻlumot beruvchi Boycott X ilovasi ishlab chiqildi.

▪️ AQShning Nʻyu-York shahridagi Kolumbiya universiteti hududida Gʻazodagi genotsid va Falastin ishgʻolidan foyda koʻrayotgan shirkatlarga moliyaviy sarmoya kiritilishiga qarshi tinch oʻtirish koʻrinishida namoyish oʻtkazgan 100 ga yaqin talaba hibsga olindi.

▪️ AQSh Kongressining Vakillar palatasida Ukraina (60,8 milliard dollar) va Isroilga (26,4 milliard dollar) harbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari protsessual ovoz berishdan oʻtdi (ha - 316, qarshi - 94 ta ovoz). 

Mavzuga aloqador