22.04.2024 09:29

Toʻrt qishloq Ozarbayjonga qaytarilmoqda: Armaniston izohi

Armaniston Tavush viloyatidagi toʻrtta qishloqni Ozarbayjonga oʻtkazadigan boʻldi. Armaniston bosh vaziri devoni ushbu qarorni izohlar ekan, bu chegaradagi xavfsizlikka tahdidlarni kamaytirishini maʻʻlum qildi.

Ozarbayjon va Armaniston davlat chegaralarini delimitatsiya qilish komissiyalari oʻtkazgan muzokaralar natijalariga koʻra, sobiq Ittifoq davrida Ozarbayjon SSR tarkibida boʻlgan, 1990-yillardan Armaniston nazoratiga oʻtgan toʻrtta qishloqni Ozarbayjonga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Armaniston bosh vaziri devoni mazkur qaror yuzasidan bergan izohida qishloqlarning Ozarbayjonga qaytarilishi davlat chegarasidagi xavfsizlikka tahdidlarni kamaytirishga xizmat qilishini taʻʻkidlab oʻtdi.

“Aniqlik uchun qayd etamizki, Ozarbayjon oʻziga qarashli ikki yarim qishloqni oladi, chunki Qizilgajili qishlogʻining butun hududi, Ashagi Askipara qishlogʻi hududining salmoqli qismi avval Ozarbayjon nazoratida boʻlgan, - deyiladi izohda. – Armaniston Respublikasi esa ushbu jarayonda chegaralarni delimitatsiya qilish va xavfsizlik bilan bogʻliq xavflarning kamayishiga erishadi”.

Armaniston hukumatining qoʻshimcha qilishicha, chegara delimitatsiya qilinganidan soʻng Armaniston va Ozarbayjon qurolli kuchlari kontingentlari ushbu toʻrt qishloqdan olib chiqiladi va ularning oʻrniga chegara qoʻshinlari joylashtiriladi.

Armaniston Artsvashen qishlogʻini qaytarishga intiladi

Armaniston bosh vaziri devonining taʻʻkidlashicha, Erevan hududi hozirda Ozarbayjon nazoratida boʻlgan Artsvashen (ozarbayjoncha nomi Bashkend) eksklav qishlogʻiga egalik huquqini qaytarib olmoqchi va kelajakda uning atrofidagi chegarani demarkatsiya qilishga harakat qilmoqchi.

“Bilasizki, Armaniston Respublikasi bu masaladan voz kechishi mumkin emas, chunki Artsvashen mamlakatimiz suveren hududining bir qismidir, biz demarkatsiya jarayonida <...> Artsvashen eksklavining mavjudligini de-yure oqlamoqchimiz. Armaniston Respublikasi hukumatining bunday asoslari bor, shundan soʻng Artsvashen atrofidagi demarkatsiya jarayoni ushbu bayonnomadan soʻng muammo qanday siyosiy echim topadi”, — deyiladi sharh matnida.

Mavzuga aloqador