-
Tergov Falastin Huquqiy idorasining "Falastinlik talabalar va ularning tarafdorlarini kamsitib, ular uchun xavfli muhit yaratganligi" haqidagi shikoyati ortidan boshlangan.
-
Saudiya Arabistoni boʻylab suv toshqinlari davom etmoqda, Ar-Riyod, Dammam va Makka va Madina atrofidagi hududlarda yoʻllarni suv bosmoqda. Qirol Fahd universiteti hududida joylashgan Eski Dahran masjidi tashqi inshooti tomi bir kechada qulab tushdi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 210 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qozogʻiston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston energetika vazirliklari rahbarlari respublikalar energetika tizimlarini integratsiyalashuvi boʻyicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat Kaspiy dengizi tubi boʻylab va boshqa davlatlar hududi orqali yotqiziladigan yuqori volʻtli kabelʻ yordamida energiya tizimlarini ulash imkoniyatlarini oʻrganishni nazarda tutadi.
-
Qirgʻiziston hukumati oʻz fuqarolarini Rossiyaga safarlarini kechiktirishga chaqirdi. Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi bu chorani Rossiya Federatsiyasiga kirishda joriy oʻtish nazorati kuchaytirilgan rejim bilan izohladi. Departamentning qoʻshimcha qilishicha, hozirgi vaziyatda Rossiyaga sayohat qilish sababi faqat "joʻr sabablar" boʻlishi mumkin.
-
Von der Leyen, Hristodulidis va Livan Bosh vaziri Necip Mikati oʻtkazgan uch tomonlama yigʻilishdan soʻng, Evropa Ittifoqiga kelayotgan qochqinlar sonini kamaytirish uchun kelishuv imzolandi. Evropa Ittifoqi qochqinlar oqimining oldini olish evaziga Livanga moliyaviy yordam va logistikada yordam berishga vaʻʻda berdi.
-
Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Kuvayt va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi davomida Jiddada ota-bobolari oʻzbekistonlik boʻlib, Saudiya Arabistonida yashab kelayotgan, yirik biznesga ega tadbirkorlar – Vision Ambassadors hamtaʻʻsischisi Osama Kokandiy, Sodiq At-Tijoriya kompaniyasi rahbari Emet Abdulaziz hamda arab ishbilarmoni Ahmad Alxutami bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
-
Prezident topshirigʻiga koʻra, «Toshkent Qurʻʻoni» nomi bilan mashhur boʻlgan Usmon mushafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilgan. Ushbu kitob Toshkentdagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining «Moʻyi Muborak» madrasasidagi muzey-kutubxonasida saqlanmoqda. Qoʻlyozma uchinchi xalifa Usmon ibn Affon topshirigʻi bilan VII asrda hijoz yozuvida qayta yozilgan.
-
Turkiya payshanba kunidan Isroil bilan barcha savdo aloqalarini – eksport va importni toʻxtatdi. Mamlakat hukumati bu haqda rasmiy maʻʻlumot bergani yoʻq. Biroq Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats xabarni tasdiqlab, qarshi choralar koʻrilishini bildirdi.
-
Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida muzqaymoq ortilgan kichik yuk mashinasi «Manas» dostonini oʻqish boʻyicha umumxalq aktsiyasida ishtirok etayotgan bir guruh maktab oʻquvchilarini bosib ketdi. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 31 bola jarohatlandi. Haydovchi qoʻlga olindi.