01.10.2024 08:11

Istanbul: Vatandan koʻnglimizni soʻragani kelishdi

Istanbul shahrida Turkiyada yashayotgan va taʻʻlim olayotgan vatandoshlarimiz uchun madaniy-maʻʻrifiy tadbir tashkil etildi. Unda, jumladan, Toshkent shahridagi «Oq uy» jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoilov vatandoshlarga halollik, or-nomus, poklik va omonatdorlik dinimiz buyurgan goʻzal axloqlar ekani, ularsiz musulmonning imoni mukammal boʻlmasligi haqida pandu nasihatlar qildi.   

Shu yilning 28 sentyabrʻ kuni Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Turkiyada yashayotgan va taʻʻlim olayotgan vatandoshlarimiz uchun madaniy-maʻʻrifiy tadbir tashkil etildi. Ikki davlat madhiyalari sadosi bilan ochilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasidan vakillar, shuningdek, Istanbul shahar hokimligi masʻʻul xodimlari ishtirok etishdi.

Jumladan, Toshkent shahridagi «Oq uy» jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoilov tadbirga kelgan vatandoshlarga halollik, or-nomus, poklik va omonatdorlik dinimiz buyurgan goʻzal axloqlar ekani, ularsiz musulmonning imoni mukammal boʻlmasligi haqida pandu nasihatlar qildilar. Shuningdek, boshqa mehmonlar ham vatanga muhabbat, unga sadoqat va ogohlik har bir fuqaroning burchi ekani haqida maruza qilishdi.

Taqdir va sharoit taqozosi bilan, garchi qardosh davlatda boʻlsa-da, ona-Vatandan olisda musofirlikda yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun bu tadbir ayni muddao boʻldi. Yigʻilganlar mehmonlarning qalblari toʻridan chiqqan samimiy tavsiyalari, maslahatlaridan koʻnglillari toʻlar ekan, davlatimizning olisdagi vatandoshlarini ham unutmay, holidan xabar olganidan boshlari koʻkka etdi.

Samimiy ruhda oʻtgan tadbir soʻnggida yigʻilganlar oʻzbek milliy taomlaridan bahramand boʻlishdi.

Oʻz muxbirimiz