-
Mamlakat boʻylab minglab amerikalik talabalar yahudiy xalqiga nisbatan qandaydir patologik nafrat tufayli oʻz kelajagini va oʻz xavfsizligini xavf ostiga qoʻyib, norozilik bildirmayapti. Ular buni Isroil davlati tomonidan Gʻazoda himoyasiz falastinliklarga qarshi amalga oshirilgan ommaviy qirgʻinni toʻliq rad etish va unga boʻlgan haqli gʻazab vajidan amalga oshirmoqdalar – jurnalist, The Palestine Chronicle muharriri Ramzi Barudning maqolasi.
-
Soʻnggi kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va er usti oʻtkazish punktlarida nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan kelgan muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda. Huquq himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, ushlab turilganlarning toʻrtdan bir qismigina Tojikiston fuqarolari, undan ikki hissa koʻpi — Oʻzbekistondan kelgan muhojirlar, qolganlari Qirgʻiziston vakillari.
-
Soʻnggi 2 yil ichida Afgʻonistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 10 barobar oshdi. Jumladan, 2021 yilda ushbu mamlakatga 691 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, 2022 yilda bu koʻrsatkich 2 ming kishidan oshdi. Oʻtgan yili esa 7 mingga yaqin xorijlik tashrif buyurdi. Biroq turizmni rivojlantirish hali ham bir qator toʻsiqlarga duch kelmoqda. “Tolibon” ushbu toʻsiqlarni bartaraf etishga vaʻʻda berdi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 20z kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Shavkat Mirziyoev III Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida investorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qator takliflarni taqdim etdi. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga mos keluvchi «Investitsiyalar toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilinadi, mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi va xorijiy sarmoyadorlarga erlarni ijaraga berish muddati ikki barobar uzaytiriladi.
-
Hindistonning qadimiy islom hukmdorlari tarixini xiralashtirish maqsadida darsliklar qayta yozildi, koʻchalar qayta nomlandi, musulmonlarning mol-mulklari davlat erlariga noqonuniy kirib kelganlik vaji hamda tartibsizliklardagi ishtiroki uchun jazo sifatida hukumat tomonidan buzib tashlanmoqda.
-
Turkiya Janubiy Afrikaning Isroilni genotsidda ayblab Xalqaro sudga kiritgan daʻʻvosiga qoʻshilishga qaror qildi. "Biz tanlov qarshisida turibmiz. Yoki qonun va insoniylikni himoya qilamiz yoki barchamiz Isroil zulmining badalini toʻlaymiz", - dedi Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan.
-
Amerikaning KFC tamaddixonalar tarmogʻi Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlariga javoban boshlangan boykot ortidan Malayziyadagi 108 ta filialini vaqtincha yopdi. Avvalroq KFC reklama kampaniyasida "Kechirasiz, bu erda chodirlar yoʻq, barmogʻingizni yalaydigan yaxshi tovuqlar bor" degan mazmundagi jumlani ishlatgan edi. Bu soʻzlar chodirlarda yashayotgan millionlab gʻazodiklarning ustidan kulish sifatida qabul qilindi. Mcdonald's va Starbucks daromadlari ham pastladi.
-
Kelishuvga koʻra, hech bir talaba, oʻqituvchi, aspirant yoki aspirant Falastin tarafdori chodir lagerida qatnashgani uchun jazolanmaydi, ishdan boʻshatilmaydi yoki haydalmaydi.
-
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmazni qabul qildi. Yilmaz Senat raisi Tanzila Norboeva hamda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov bilan ham muzokaralar oʻtkazdi.