03.05.2024 14:31

Saudiya Arabistoni boʻylab suv toshqinlari davom etmoqda

Saudiya Arabistoni boʻylab suv toshqinlari davom etmoqda, Ar-Riyod, Dammam va Makka va Madina atrofidagi hududlarda yoʻllarni suv bosmoqda. Qirol Fahd universiteti hududida joylashgan Eski Dahran masjidi tashqi inshooti tomi bir kechada qulab tushdi.

Saudiya Arabistoni boʻylab suv toshqinlari davom etmoqda, Ar-Riyod, Dammam va Makka va Madina atrofidagi hududlarda yoʻllarni suv bosmoqda.

Qirol Fahd universiteti kampusida joylashgan Eski Dahran masjidi tashqi inshooti tomi bir kechada qulab tushdi.

Saudiya Arabistonida kuchli yogʻingarchiliklar bir necha haftadan buyon vaqti-vaqti bilan kuzatilmoqda va aprelʻ oyi oʻrtalarida mintaqada kuzatilgan oxirgi 75 yil ichidagi eng kuchli yogʻingarchilikning davomi hisoblanadi. Oʻshanda Ummonda 21 va BAAda toʻrt kishi halok boʻldi.

Ayni paytda kuchli yogʻingarchiliklar Braziliyaga ham xavf solmoqda. 3 may holatida mamlakat boʻylab suv toshqinlaridan halok boʻlganlar soni 29 nafarga etdi, 60 kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda.

Metropoles nashrining xabar berishicha, suv toshqinlari Braziliyaning 213 ta shahrida kuzatilmoqda, 10 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qolgan.

Olimlar guruhi oʻtgan hafta eʻʻlon qilingan tadqiqotda aytilishicha, qazib olinadigan yoqilgʻi chiqindilari tufayli yuzaga kelgan global isish yogʻingarchiliklarning jadalligi va takrorlanishlar sonini orttirmoqda.

Mavzuga aloqador