Qirgʻizistonda muzqaymoq ortilgan yuk mashinasi oʻnlab bolalarni bosib ketdi
Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida muzqaymoq ortilgan kichik yuk mashinasi «Manas» dostonini oʻqish boʻyicha umumxalq aktsiyasida ishtirok etayotgan bir guruh maktab oʻquvchilarini bosib ketdi. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 31 bola jarohat oldi. Haydovchi qoʻlga olindi.
2 may
kuni taxminan soat 13:30 da Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida Soʻzoq tumanida
muzqaymoq ortilgan kichik yuk mashinasi 31 bolani urib yubordi.
«Kabar»
milliy agentligi xabariga koʻra, hodisa Jerge Tal qishlogʻida «Manas» dostonini oʻqish
boʻyicha umumxalq aktsiyasi oʻtkazilayotgan vaqtda sodir boʻlgan.
Agentlikning
aytishicha, qurbonlar 9 yoshdan 16 yoshgacha boʻlganlar. 12 nafar bola viloyat
shifoxonasiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli ogʻir deb baholanmoqda. Suzoq
tuman kasalxonasida 3 nafar, markaziy shifoxonada 8 nafar bola yotibdi. Ularning
ahvoli oʻrtacha ogʻir deb baholanmoqda.
11 nafar bolaga voqea joyida tibbiy yordam koʻrsatilib,
ambulator davolanishga joʻnatilgan.
Turmush.kg saytining xabar
qilishicha, haydovchi bolalarga bepul tarqatish uchun muzqaymoq olib kelgan. Mashinadan
tushib, maktab direktoriga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻlganida avtomobilʻ yurib ketgan. Haydovchisi
hibsga olingan va unga qarshi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.