Bombalanayotgan Gʻazo: 210-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 210 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar
Rafah, Gʻazo
shimolidagi Zaytun
hududi, Burij va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 28 kishi shahid
boʻldi, 51 kishi yaralandi. Urush boshlanganidan buyon 34 596 kishi halok boʻldi, 77 816 kishi
jarohatlandi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar Xalil, Tulkarm, Jenin, Qalqilya va Nablusga bostirib
kirishdi. Nablusda bosqinchilar 14 yoshli bolaning koʻkragiga oʻq uzdi.
▪️ Xon Yunus shahridagi Isroil armiyasi hujumlari tufayli
faoliyatini toʻxtatgan Al-Amal kasalxonasi qayta ish boshladi.
▪️ Al-Qassam
va Al-Quds brigadalari: Gʻazo janubi-gʻarbidagi Shayx Ajlin hududidagi ishgʻolchilar
guruhlarini minomyotlardan oʻqqa tutdik, shuningdek, Nitsarim oʻqi boʻylab ham zarba berdik.
▪️ YuNESKO
Matbuot erkinligi uchun jurnalistika mukofotini Gʻazodagi 2024 nafar falastinlik
jurnalistga topshirdi.
▪️ “Axios”:
AQSh Senati aʻʻzolari Xalqaro jinoiy sudning yuqori martabali amaldorlari bilan
uchrashuv oʻtkazdi. Aʻʻzolar Isroil rasmiylarini hibsga olishga order
berish ehtimolidan xavotir bildirdi.
▪️ Isroil
harbiy uchoqlari tunda Suriya poytaxti Damashqning bir qancha hududlariga
aviazarbalar berdi. Poytaxt yaqinidagi Suriya xavfsizlik kuchlari binosiga
berilgan zarba natijasida eng kamida sakkiz nafar suriyalik askar jarohatlandi.
▪️ Turkiya
payshanba kuni Isroil bilan barcha savdo aloqalarini – import va eksportni
butunlay toʻxtatdi.
▪️ Bloomberg:
Endilikda Saudiya Arabistonida ijtimoiy tarmoqlarda Isroilga qarshi mulohaza
qoldirgan fuqarolar hibsga olinadi. Mamlakatda Internet orqali Isroilning Gʻazo
sektoridagi urushini qoralaganlarga qarshi bosimlar boshlangan.
▪️ Meksika
Milliy avtonom universiteti (UNAM), Valinsiya (Ispaniya), Nʻyukasl (Angliya), Toronto,
Monreal (Kanada), Sarbonna (Frantsiya), Beyrut (Livan), Sidney (Avstraliya) va
boshqa universitetlarda talabalarning Isroilning Gʻazodagi urushiga qarshi
namoyishlari davom etmoqda.