30.09.2024 22:38

Isroil quruqlikdan Livanga bostirib kirishni boshladi

Isroil armiyasi Livan janubiga quruqlik orqali bostirib kirishni boshladi. Livan qoʻshinlari esa mamlakat janubidagi pozitsiyalarini tark etib, 5 km ichkariga chekinmoqda. Hozircha TsAXAL qarshiliksiz ilgarilamoqda.

Isroil armiyasi Livan hududiga kirdi, bu haqda mahalliy OAV xabar berib, sodir boʻlayotgan voqealarni Uchinchi Livan urushi deb atadi. Isroil chegarada 20 kilometrlik xavfsiz hudud (bufer zona) yaratmoqchi.

Isroil zirhli texnikalari Metula hududidan Livan bilan chegarani kesib oʻtmoqda. Shuningdek, TsAXAL saflari Livan janubidagi chegara toʻsiqlarini olib tashlamoqda.

Livan qoʻshinlari esa mamlakatning Isroil bilan janubiy chegarasidagi pozitsiyalaridan chegaradan besh kilometr shimolga chekindi, deb xabar berdi Livan xavfsizlik manbasi Reuters agentligiga.

Chekinish Isroilning Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishi alomatlari kuchayayotgan bir paytda sodir boʻldi. Oʻz navbatida, Livan harbiy amaldorining AFP agentligiga maʻʻlum qilishicha, Livan armiyasi chekinmayapti, balki "janubiy chegaradagi qoʻshinlarni guruhlashtirib, qayta joylashtirmoqda".

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metʻyu Millerning aytishicha, Isroil Livanda bir qator cheklangan quruqlikdagi amaliyotlar haqida Qoʻshma Shtatlarni xabardor qilgan.