03.05.2024 15:30
AQSh Kolumbiya universitetida namoyish ishtirokchilariga nisbatan kamsitish holatlarini tekshirmoqda
AQSh Taʻʻlim vazirligi Nʻyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetiga qarshi “Falastin tarafdorlarini kamsitish” aybi bilan tergov boshladi. Palestine Legal boʻlimining katta huquqshunosi Radhika Sainath universitetlarning Falastin tarafdorlariga nisbatan "kamsitish" munosabatini tanqid qildi.
As:
AQSh Taʻʻlim vazirligi Nʻyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetiga qarshi “Falastin tarafdorlarini kamsitish” aybi bilan tergov boshladi.
Bu haqda Amerikaning Palestine Legal inson huquqlari tashkiloti rasmiy sahifasida xabar berildi.
Maʻʻlum qilinishicha, Nʻyu-York politsiya departamenti xodimlarini Gʻazo sektorida Isroil genotsidiga norozilik bildirgan falastinlik va falastin tarafdori talabalarni hibsga olishga urinishi - kamsitilish deb baholangan.
Palestine Legal boʻlimining katta huquqshunosi Radhika Sainath universitetlarning Falastin tarafdorlariga nisbatan "kamsitish" munosabatini tanqid qildi.
“Qonunlar juda aniq. Universitetlar falastinliklar va ularning tarafdorlariga nisbatan irqchilik zulmini toʻxtatmasalar, hukumat mablagʻlaridan mahrum boʻlishlari mumkin", - dedi u.
Tergov Falastin Huquqiy idorasining "Falastinlik talabalar va ularning tarafdorlarini kamsitib, ular uchun xavfli muhit yaratganligi" haqidagi shikoyati ortidan boshlangan.