03.05.2024 09:30

Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha oʻzbekistonlik doimiy ish bilan taʻʻminlanishi mumkin

Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha oʻzbekistonlik doimiy ish bilan taʻʻminlanishi mumkin

Jiddada arab ishbilarmoni Ahmad Alxutami bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi. Unda til va turli kasblarga oʻqitish markazlari tashkil etish hamda 100 ming nafargacha oʻzbekistonlikni Saudiya Arabistonida doimiy ish bilan taʻʻminlash masalasi muhokama qilindi.



Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Kuvayt va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi davomida Jiddada ota-bobolari oʻzbekistonlik boʻlib, Saudiya Arabistonida yashab kelayotgan, yirik biznesga ega tadbirkorlar – Vision Ambassadors hamtaʻʻsischisi Osama Kokandiy, Sodiq At-Tijoriya kompaniyasi rahbari Emet Abdulaziz hamda arab ishbilarmoni Ahmad Alxutami bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Osama Kokandiy viloyat rahbariga parrandachilik sohasida Fargʻonada loyiha amalga oshirish rejalarini maʻʻlum qildi. 

Emat Abdulaziz tekstil sohasida hamkorlik qilish, Fargʻonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga olib kirishda oʻz takliflarini bildirdi. 

Ahmad Alxutami bilan muzokaralarda esa til va turli kasblarga oʻqitish markazlari tashkil etish hamda 100 ming nafargacha fargʻonaliklarni Saudiya Arabistonida doimiy ish bilan taʻʻminlash masalasi muhokama qilindi.

Bildirilgan takliflar asosida hamkorlikda ishni yoʻlga qoʻyish, maʻʻlumotlar almashinish va yaqin muddatlarda Fargʻonada qayta uchrashuvlar tashkil qilinishiga kelishildi.

Fargʻona viloyati delegatsiyasi Kuvayt va Saudiya Arabistoni safarini yakunlab, Fargʻonaga qaytib keldi.

Mavzuga aloqador