03.05.2024 08:50

«Toshkent Qurʻʻoni» restavratsiya qilinadi


Madaniyat va sanʻʻatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Musulmonlar idorasi koʻmagida «Toshkent Qurʻʻoni» nomi bilan mashhur boʻlgan Usmon musʻʻhafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Loyihada xorijlik mutaxassislar va restavratorlar ishtirok etadi.

Prezident topshirigʻiga koʻra, butun dunyoda «Toshkent Qurʻʻoni» nomi bilan mashhur boʻlgan Usmon musʻʻhafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilgan, deb xabar qildi Oʻzbekiston Madaniyat va sanʻʻatni rivojlantirish jamgʻarmasi matbuot xizmati.

Ushbu kitob Toshkentdagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining «Moʻyi Muborak» madrasasidagi muzey-kutubxonasida saqlanmoqda. Qoʻlyozma uchinchi xalifa Usmon ibn Affon topshirigʻi bilan VII asrda hijoz yozuvida qayta yozilgan.

Loyihada xorijlik mutaxassislar, jumladan, Kembrij universitetidan Kristin Roz, frantsiyalik restavratorlar Akselya Delo va Korali Barb, shuningdek, Istanbul qoʻlyozmalar ustaxonasi va arxiv boʻlimi mudiri Nil Baydar ishtirok etmoqda. Ular har bir sahifani koʻzdan kechirib, bosqichma-bosqich taʻʻmirlash rejasini ishlab chiqadi hamda kelgusida muhofaza qilish boʻyicha tavsiyalarni beradi.

Qurʻʻonning jami olti nusxasi koʻchirildi. Har birining oʻlchami 53×68 sm boʻlgan 338 varaqdan iborat

«Dunyodagi eng qadimiy qoʻlyozmalardan birini restavratsiya qilishda ishtirok etish men va hamkasblarim uchun beqiyos sharafdir. Usmon musʻʻhafini oʻrganib chiqib, uning qoniqarli holatda ekanini hisobga olib, qadimiy qoʻlyozmaning umumiy holatini saqlab qolgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasidagi hamkasblarimizga minnatdorlik bildiramiz. Restavratsiya ishlaridan tashqari qoʻlyozmani keyingi saqlash va oʻrganish boʻyicha tavsiyalar roʻyxatini tuzamiz», - dedi Kembrij xalqaro universiteti restavratsiya va konservatsiya boʻlimi rahbari Kristin Roz.

Usmon mushafini Samarqandga 14-asrda sarkarda Amir Temur Iroqdan olib kelgan. U Samarqanddagi madrasada uzoq yillar davomida saqlangan. Oʻrta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng Turkiston general-gubernatori Kaufman 1869 yilda uni Peterburgga koʻchirgan. 1905 yilda bu kitob 50 nusxada chop etilgan.

1917 yilda Rossiyadagi tartibsizliklardan soʻng Toshkent va Sirdaryo ulamolarining iltimosiga koʻra 1923 yilda maxsus farmon qabul qilindi va unga koʻra 1924 yilda Muqaddas kitob Oʻzbekistonga qaytarildi.

1989 yilda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qaroriga asosan Usmon musʻʻhafi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufiga oʻtkazilgan.

1997 yilda YuNESKO mazkur Qurʻʻonni «Jahon xotirasi» roʻyxatiga kiritdi.

Ish Oʻzbekiston madaniyat va sanʻʻatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Musulmonlar idorasi koʻmagi hamda nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

 

Mavzuga aloqador