Turkiy davlatlar energetika tizimlarini birlashtirmoqchi
Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qozogʻiston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston energetika vazirliklari rahbarlari respublikalar energetika tizimlarini integratsiyalashuvi boʻyicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat Kaspiy dengizi tubi boʻylab va boshqa davlatlar hududi orqali yotqiziladigan yuqori volʻtli kabelʻ yordamida energiya tizimlarini ulash imkoniyatlarini oʻrganishni nazarda tutadi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qozogʻiston, Ozarbayjon
va Oʻzbekiston energetika vazirliklari rahbarlari respublikalar energetika
tizimlarini integratsiyalashuvi boʻyicha hamkorlik memorandumini imzoladi.
Qozogʻiston energetika vazirligi memorandumning maqsadi uch
mamlakat energetika tizimlarini ulash loyihasini amalga oshirish uchun asosiy
shartlarni belgilash ekanligini tushuntirdi.
“Imzolangan memorandumdan maqsad Ozarbayjon, Qozogʻiston va
Oʻzbekiston energetika tizimlarini oʻzaro bogʻlash loyihasini amalga oshirish
doirasidagi hamkorlikning asosiy shartlarini belgilashdan iborat”, — deya
tushuntirdi vazirlik.
Hujjat Kaspiy dengizi tubi boʻylab va boshqa davlatlar hududi
orqali yotqiziladigan yuqori volʻtli kabelʻ orqali energiya tizimlarini ulash
imkoniyatlarini oʻrganishni nazarda tutadi.
Vazirlikning
qoʻshimcha qilishicha, loyihani amalga oshirishning asosiy yondashuvlari allaqachon
kelishilgan.
2023 yil noyabrʻ oyida Qozogʻiston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston
Evropaga yashil energiya eksport qilish boʻyicha qoʻshma korxona yaratishga kelishib olgan edi.