-
Oʻzbekiston Oliy sudi 1930−1938 yillarda qatagʻon qilingan 205 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmini chiqardi. Ushbu shaxslarning aksariyati kontslagerga joʻnatilgan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki otuvga hukm qilingan.
-
HAMAS Gazoda tinchlik oʻrnatish boʻyicha Misr va Qatar tomonidan ilgari surilgan sulh shartlarini qabul qildi. Kelishuv 42 kun davom etadigan 3 bosqichni oʻz ichiga oladi. Isroil esa Rafahga hujumni davom ettirishga qaror qildi.
-
Bosqindagi Sharqiy Quddusda politsiya qabriston cherkoviga bostirib kirdi va Gretsiya bosh konsulining qoʻriqchisini hibsga oldi. Hibsga olish "Muqaddas olov tushishi" marosimi paytida sodir boʻldi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, bunga qoʻriqchi va mahalliy politsiya oʻrtasidagi mojaro sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
-
Shavkat Mirziyoev Moskvada Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan paradning faxriy mehmonlari qatorida boʻladi, deya xabar berdi Kremlʻ. Paradda Belarusʻ, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi.
-
«Men Islomga ishonaman. Men musulmonman va musulmon boʻlishning hech qanday yomon joyi yoʻq, Islom dinida hech qanday yomonlik yoʻq. Bu bizga faqat Allohga xudo deb ishonishni oʻrgatadi. Sizlardan nasroniy boʻlgan baʻʻzilaringiz men ishongan, koinot va osmonlar yaratuvchisi boʻlmish Xudoga ishonasizlar. Biz hammamiz borliqni yaratgan mana shu Zotga eʻʻtiqod qilamiz. Oʻrtamizdagi yagona farq shundaki, siz Uni Xudo deb ataysiz, biz esa Alloh deymiz».
-
Istanbulda 79 yil muqaddam muzeyga aylantirilgan sobiq Kariya masjidi 4 yillik taʻʻmirlash-tiklash ishlaridan soʻng masjid sifatida faoliyatini qaytadan boshladi. U xuddi Ayasofya masjidi singari sayyohlar va namozxonlar uchun alohida kirishga ega boʻladi.
-
Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarini normallashtirgan va bundan hech narsa yoʻqotmagan BAA va Bahraynni koʻrib taskin topsa, boshqa tomondan, Qirollik musulmon dunyosida muqarrar ravishda katta obroʻsini yoʻqotishini yaxshi biladi. Shu jihatlarini eʻʻtiborga olgan holda, Falastin mustaqilligini tan olish sharti bilan Isroil oʻrtasida munosabatlarni normallashtirishga kelishib oldi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 213 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
AQSh oliygohlaridagi Isroilga qarshi namoyishlar Jorj Soros, Geyts, Rokfeller va Pritsker oilalari jamgʻarmalaridan katta miqdorda grantlar olgan tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgani xabar qilindi. Jumladan, Kolumbiya universiteti hududidagi namoyishlar milliarderlar asos solgan Tides jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan "Tinchlik uchun yahudiy ovozi" hamda IfNotNow tashkilotlari tomonidan oʻtkazilmoqda.
-
Tolibon rahbariyati Gambiya poytaxti Banjul shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 15-sammitida ishtirok etdi. IHT Tolibon maʻʻmuriyatiga sammitda qatnashish uchun rasmiy taklif yubordi.