-
Iordaniya qirolichasi Raniya bolalari, jumladan, Isroil armiyasi askarlari Gʻazodagi Falastin qarshilik harakati HAMAS asirligida qolayotgan isroillik ayollarga hamdard ekanini aytdi.
-
U Turkiya va Oʻzbekiston taqdir va kelajagini birga quradigan millatlar ekanligini taʻʻkidlagan. B.Kavunju oʻz nutqida soʻnggi yillarda bir necha millyon suriyalik qochqinlarni oʻz bagʻriga olgan Turkiyada tili turk, madaniyati turk, tarixi turk boʻlgan va yaxshi niyatda kelgan qardosh millatlarning kelishidan norozilik his etilishini keskin qoraladi.
-
Amerikalik mashhur reper va musiqachi Macklemore Falastin qoʻllab-quvvatlangan "Hind's Hall" nomli yangi taronasini eʻʻlon qildi. Qoʻshiqda AQSh siyosiy elitasi, jumladan prezident Jo Bayden, shuningdek, Amerika musiqa sanoati vakillari Isroil tajovuziga befarqligi va sukuti uchun tanqid qilingan. Qoʻshiq bir kundan kamroq vaqt ichida X ijtimoiy tarmogʻida 18 milliondan koʻproq marta koʻrildi.
-
4 yillik restavratsiyadan soʻng ochilgan Kariya masjidining ibodat uchun xizmat qilishi Yunoniston hukumatini xavotirga soldi. Bu haqda mamlakat TIVning bayonoti eʻʻlon qilindi.
-
HAMAS Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga rozi boʻlgach, Isroil havo kuchlari kechasi Rafahdagi 50 dan ortiq nishonga hujum qildi. Isroil harbiylari Rafah sharqiy qismida "jarrohlik zarbalari" amalga oshirayotganini eʻʻlon qildi. Nashrning qoʻshimcha qilishicha, bombardimon natijasida 100 ga yaqin tinch aholi halok boʻlgan, koʻp sonli ayollar va bolalar yaralangan.
-
Italiyaning Monfalkone shahri musulmonlari diniy jamoatning jamoaviy ibodat qilishiga toʻsqinlik qilayotgan islomofob maʻʻmuriyatga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Oʻta oʻng partiya merining buyrugʻi bilan noyabrʻ oyidan beri shahar musulmonlariga ikki islomiy markazda namoz oʻqish taqiqlangan.
-
“Axir Georgiy lentasi sening ota-bobongni qirgani uchun, bolalarini oʻldirgani, xotinlarni zoʻrlagani uchun mukofot sifatida berilgan, endi hozir uni sening koʻchangda targʻib qilsa, sen qanday chidaysan?!” desa, axir bu “Gvardeskaya lenta”-ku deydi. U holda “Gvardeskaya lenta” deb ayt, nima uchun “Georgiy lentasi”, deysan, desam, yana bir narsalar deydi... Tarixchi Shuhrat Barlosning Georgiy lentasi haqidagi mulohazalari.
-
Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida qurol qoʻllash bilan bogʻliq hodisa sodir boʻlgani xabar qilindi. Qirgʻiziston tomonining maʻʻlum qilishicha, tojik choʻponlari chegaradan 250-300 metrgacha ichkariga kirib ketgan va qirgʻiz chegarachilarining talablariga boʻysunmay, ularga tosh otgan. Qirgʻiziston chegarachilari orasida qurbonlar yoʻq. Tasdiqlanmagan maʻʻlumotlarga koʻra, Tojikiston fuqarolaridan biri oyogʻidan yaralangan.
-
Vladimir Putin beshinchi marotaba Rossiya prezidenti lavozimini egalladi. Olti yillik muddat uchun qasamyod qabul qilish marosimi Kremlda 2600 dan ortiq mehmonlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Biroq AQSh, Evropa Ittifoqi davlatlari vakillari marosimda ishtirok etishdan bosh tortdi. EI davlatlari mazkur marosimda ishtirok etish masalasida ikki tomonga boʻlinib qoldi: Frantsiya, Vengriya va Slovakiya Moskva bilan aloqa kanallarini saqlab qolish uchun marosimga vakil joʻnatish kerak, degan boʻlsa, Germaniya va boshqa EI davlatlari bunga qarshi chiqdi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 7 oy boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.