Bombalanayotgan Gʻazo: 213-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 213 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar Rafahdagi 11 ta uyga zarba berdi, natijada 22 kishi halok boʻldi, ularning yarmi bolalar. Shuningdek, Nuserat va Bayt Lahiya lagerlariga ham hujum qilindi. Urush boshlanganidan buyon 34 683 falastinlik shahid boʻldi, 78 018 nafari yaralandi.
▪️Gʻazo hukumati matbuot xizmati: 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil armiyasi 370 marta ommaviy qotillik sodir etdi. 10 mingdan ziyod kishi bedarak yoʻqolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan.
▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablus, Hebron, Ramallah, Tubas, Qalqilya va Salfitga bostirib kirdi, shuningdek, Tulkarm lagerini keng koʻlamli qamal qilishni boshladi. Oʻnlab falastinliklar hibsga olingan.
▪️ Ishgʻolchi matbuot: Bugun tongda Rafahga hujum boshlangani sababli ushbu hudud aholisiga Xon Yunisga koʻchib oʻtishga buyruq berildi.
▪️ Karim Abu Salim nazorat-oʻtkazish punktida qarshilik kuchlari jangchilarning hujumi natijasida yaralangan bosqinchilar soni 12 nafarga etdi, 3 nafari yoʻq qilindi.
▪️ Jorj Vashington universiteti prezidenti: Biz koʻrgan barcha choralar, jumladan politsiyani yordamga chaqirish ham namoyishlarni toʻxtata olmadi.
▪️ Isroil hukumati mamlakatda "Al-Jazira" telekanali faoliyatini toʻxtatishga qaror qildi. Ishgʻol ostidagi Sharqiy Quddusda telekanal xodimlari turgan mehmonxonada taftish oʻtkazilib, jurnalistlarning uskunalari olib qoʻyildi.
▪️ Vashington Milliy matbuot klubi: Biz Isroil hukumatining Al-Jazira telekanalini yopish qarorini olqishlaymiz.