Saudiya Arabistoni qiyin tanlov qarshisida qoldi
Saudiya Arabistoni Isroil
bilan munosabatlarini normallashtirgan va bundan hech narsa yoʻqotmagan BAA va Bahraynni
koʻrib taskin topsa, boshqa tomondan, Qirollik musulmon dunyosida muqarrar ravishda
katta obroʻsini yoʻqotishini yaxshi biladi. Shu jihatlarini eʻʻtiborga olgan holda, Falastin
mustaqilligini tan olish sharti bilan Isroil oʻrtasida munosabatlarni
normallashtirishga kelishib oldi.
gʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻ
HAMAS 7 oktyabrda Isroilga
hujum qilmasidan avval Saudiya Arabistoni Eron tajovuzidan himoyalanish va AQShning
toʻliq himoyasi ostiga oʻtishini koʻzda tutuvchi muhim muzokaralarni olib borayotgan
edi. Bu haqda Qora dengiz strategiya instituti
(BSSI) tahlili eʻʻlon qilindi.
Unga koʻra, Saudiya Isroilni
tan olishi, Qoʻshma Shtatlar esa Ar-Riyodga katta hajmda qurol-yarogʻ sotishi, yadro
dasturining toʻlaqonli tsiklini ishga tushirishi kerak edi. Biroq Gʻazodagi vaziyat
muzokaralarni muzlatib, Saudiyani “bir-biridan xavfli” ikki tanlov qarshisida
qoldirdi.
Agar Isroil Saudiya Arabistoni tomonidan tan olinsa va ular oʻrtasida
diplomatik aloqalar oʻrnatilsa, Qoʻshma Shtatlar harbiy shartnoma tuzishga tayyor edi.
Saudiya Arabistoni, bir tomondan, Isroil bilan munosabatlarini
normallashtirgan va bundan hech narsa yoʻqotmagan BAA va Bahrayn misolini koʻrdi.
Boshqa tomondan, Qirollik Fors koʻrfazining mitti davlati emasligini va musulmon
dunyosida muqarrar ravishda katta obroʻsini yoʻqotishini yaxshi bilgan holda, Isroil
bilan munosabatlarni normallashtirishga oldindan kelishib, Falastin mustaqilligini
tan olish shartini qoʻydi.
Mazkur muzokaralar sekin boʻlsa-da davom etayotgandi, ammo
7 oktyabrʻ voqealari roʻy berdi. Isroilning Gʻazoda oʻn minglab falastinliklarning
oʻlimiga sabab boʻlgan va bugungi kungacha tugamagan toʻlaqonli urush koʻrinishidagi
javobi Saudiya Arabistonini bu boradagi barcha muzokaralarni muzlatib qoʻyishga va Gʻazodagi urushga qarshi
chiqishga majbur qildi.
Keyinroq esa Damashqdagi konsullik bilan bogʻliq aprelʻ oyidagi voqea sodir
boʻldi va Eronning bunga kechikkan javobi hech qanday natijasiz yakunlandi. Bu muvaffaqiyatsizlikning sabablaridan biri aynan Saudiya Arabistoni
boʻlib, u parda ortida razvedka xizmatlari orqali Isroilga etarlicha qimmatli
razvedka maʻʻlumotlarini taqdim etdi va bu Isroilga Eron zarbasini yoʻqqa
chiqarishda katta yordam berdi.
Tehron Isroilga Eron zarbasini qaytarishga yordamlashgan barchani “hisobga
olib qoʻygani”ni rasman eʻʻlon qilib, qasos olishga vaʻʻda berdi.
Aynan shu tahdid hozirda AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi muzokaralarni
"muzlatib qoʻydi", ammo Qirollikni qiyin, “bir-biridan yomon” tanlov
qarshisida qoldirdi.
Saudiya Arabistoni tub aholisining taxminan 16 foizi (oltidan bir qismi)
shialar boʻlib, ular eronparast hisoblanadi va bu kayfiyat diniy rahnamolarning
muntazam ravishda qatl qilinayotgan bir paytda asli yoʻqolgani yoʻq. Aholining
bunday foizi mamlakatni beqarorlashtirish uchun juda etarli va Saudiya hozircha
shialarni na armiyaga, na razvedka xizmatlariga yaqinlashtirmaslik, Saudlar
qirollik xonadonida lobbi yaratishlariga yoʻl qoʻymaslik hisobiga bu balodan
qutilib turibdi.
Ayni paytda allaqachon Eronning “viloyatlari”ga aylangan hamda “Humayniy”
loyihasi amalga oshirilayotgan Suriya, Livan va boshqalar davlatlardagi shia aholisi
foizi hali kamroq. AQSh himoyasisiz, 1932 yilda paydo boʻlgan, qisman sunʻʻiy davlat hisoblangan Saudiya
Arabistoni shialarning jamlangan hujumiga dosh bera olmasligi mumkin, ayniqsa
arab dunyosidagi baʻʻzi sunniylar Saudiya Arabistonini emas, balki Eronni
qoʻllab-quvvatlasa.
Ammo Saudiya Arabistoni maʻʻlum shartlar asosida Isroilni tan olish evaziga
AQSh himoyasini qabul qilsa, bu muqarrar ravishda butun dunyo musulmonlari nazariga
tushadi - va muqaddas Makka va Madina shaharlari 1925 yilda zoʻravonlik yoʻli bilan
mamlakat tarkibiga qoʻshib olinganini eslaydiganlar topiladi. Va yana Saudlar
oilasidagi ichki norozilik ham garchi uyquda boʻlsa-da markazdan qochma
tendentsiyasini saqlab turibdi.
Hozircha qirollik muzokaralarga yangi qoʻshimcha shart – Gʻazodagi urushni zudlik
bilan tugatish sharti bilan qaytishga tayyorligini bildirgan, bunga Isroil,
albatta, rozi boʻlmaydi.
Uzil-kesil siyosat obʻʻektiga aylangan va “Eronga yutqazib, yolgʻiz qolish” yoki
“Isroilni tan olib, sharmanda boʻlish” oʻrtasidagi tanlov oʻrtasida qolgan Saudiya
Arabistonining holati dunyo maydonidagi Qirollik maqomini allaqachon sezilarli darajada
pasaytirdi, biroq muzokaralar hali-veri tugashi dargumon.