Shavkat Mirziyoev Moskvada Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan paradning faxriy mehmonlari qatorida boʻladi, deya xabar berdi Kremlʻ. Paradda Belarusʻ, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi.

 

 

Shavkat Mirziyoev 9 may kuni Moskvada 1941−1945 yillarda boʻlib oʻtgan urushdagi Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan harbiy paradning faxriy mehmoni boʻladi. Bu haqda Kremlʻ matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan paradda prezidentlar: Aleksandr Lukashenko (Belarusʻ), Qosim-Jomart Toqaev (Qozogʻiston), Sadir Japarov (Qirgʻiziston), Emomali Rahmon (Tojikiston), Serdar Berdimuhamedov (Turkmaniston), Migelʻ Dias-Kanelʻ Bermudes (Kuba), Tongloun Sisulit (Laos) va Umaru Sissoku Embalo (Gvineya-Bisau) ham ishtirok etadi.

Mavzuga aloqador